“Bilayn”dagi “Uchinchi avlod-2013” amaliyotlar dasturi start oldi!

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) “Uchinchi avlod-2013” dasturi boshlanganligi haqida e’lon qiladi. “Bilayn”da amaliyot o‘tash – uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalari hamda bitiruvchilar uchun o‘z bilimlarini amalda sinab ko‘rish hamda eng yirik xalqaro kompaniyada mehnat faoliyatini boshlash uchun ideal imkoniyat.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Axborort texnoligiyalari bo‘yicha direktori Maksim Xalmatov shunday dedi: “Mana besh yildirki yo‘nalish bo‘yicha oliygohlarning faol hamda o‘z ustida ishlashdan manfaatdor bo‘lgan, kelajaklariga jiddiy qaraydigan talabalarni kompaniyamizda amaliyot o‘tahs uchun taklif etib kelamiz. Ushbu davr mobaynida shtatimiz qobiliyatli va juda muvaffaqiyatli, kompaniya ichida o‘zligini topgan hamda o‘sgan mutaxassislar bilan boyidi”.

2013 yilda texnik, moliya, tijorat hamda yuridik, axborot texnologiyalari, xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direksiyalarda amaliyot o‘tash yo‘lga qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, “Uchinchi avlod” dasturi “Bilayn”da ilk bor besh yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli Qarori bilan tasdiqlangan, O‘rta muddatli istiqbolda axborot mahsulotlari va texnologiyalarini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida ishga tushirilgan. Loyihaning maqsadi kompanida amaliyot o‘tash hamda keyinchalik ishga qabul qilish uchun eng yaxshi talabalarni saralash, shuningdek alohida murakkab bo‘sh ish o‘rinlari uchun kasbiy zaxirani shaklantirishdan iborat.

beeline_2_05_2013

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar hamda rezyumelar 2013 yil 15 mayga qadar graduate@beeline.uz electron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system