Zo‘r – Zo‘r Star: o‘tgan haftaning eng qiziqarli tafsilotlari

Zo‘r – Zo‘r Star musiqiy televizion loyihasi ishtirokchilarining har bir kuni turli mashg‘ulotlar bilan o‘tyapti. Yigit-qizlarning kundalik hayoti repetitsiyalar, konsert chiqishlari va, albatta, vokal, aktyorlik mahorati hamda xoreografiya bo‘yicha darslarni qamrab oluvchi zich jadvaldan iborat bo‘lmoqda.

Opera janri o‘tgan hisobot konsertining mavzusiga aylanganini bilamiz. Shu bois ishtirokchilar uchun o‘tgan haftaning birinchi kuni opera ustalari Ramiz Usmonov va Samandar Alimovning mahorat darslari bilan boshlandi. Aynan shu taniqli opera ijrochilari yigit-qizlarga o‘zlarining konsert chiqishlari bilan bog‘liq qimmatli maslahatlari va tavsiyalarini berdi.

Yetti kun davomida Yoshlar ijod saroyidan baland ovozlar yangrab turdi: loyiha ishtirokchilari qo‘shiqlar matnini o‘rganib, o‘zlarining sahna chiqishlariga tayyorgarlik ko‘rishdi. O‘tgan shanba kuni teletomoshabinlar loyiha ishtirokchilarining ana shu sa’y-harakatlari va mehnatlari natijasini ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.

zor_30_04_2013

Afsuski, har haftada o‘tkaziladigan SMS-ovoz berish jarayonida eng kam ball to‘plagan ishtirokchi loyihani tark etadi. Bu safar Madina Rashidova ana shu ishtirokchiga aylandi. Shu bilan birga, ishtirokchilar orasida ballar bo‘yicha hafta yetakchisi ham aniqlanadi. Yana Baxtiyeva o‘tgan haftaning eng ko‘p ball to‘plagan yetakchi ishtirokchisi bo‘ldi. Endi u navbatdagi konsertda o‘zi uchun maxsus yozilgan mualliflik qo‘shig‘ini ijro etadi.

zor_30_04_2013_1

Aytish joizki, payshanba kuni 10 nafar ishtirokchi “Fund Forum”, “Hayot uchun!” Ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha milliy assotsiatsiyasi va “Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan tashkil etilgan Xayriya futbol o‘yiniga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida bizning ishtirokchilar ham sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari ekani ma’lum bo‘ldi, shu bois ular o‘yinni ko‘rib bo‘lgach, bajonidil uning ishtirokchilariga aylanishga rozi bo‘lishdi.

zor_30_04_2013_2

Odatga ko‘ra, shanba kuni dam olinadi. Shu sababli tashkilotchilar ishtirokchilarning jadvaliga “Tashkent land” ko‘ngilochar majmuasiga borish dasturini ham kiritishdi. Hafta “O‘zbegim taronasi” radiostansiyasidagi yakshanba efiri bilan yakunlandi, unda Oskar va Yana o‘zlari va loyiha haqida gapirib berdi.

zor_30_04_2013_3

Bu loyiha ishtirokchilarining hayotidan olingan kichik bir lavha edi. Bundan ham ko‘proq bilishni istaysizmi? Unda loyiha xabarlarini kuzatib boring va barcha yangiliklardan boxabar bo‘ling!

zor_30_04_2013_4

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system