Zo‘r-Zo‘r STAR beshinchi hisobot konserti
30.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Zo‘r-Zo‘r STAR beshinchi hisobot konserti loyiha davomidagi ulkan bosqichga aylandi. Tomoshabinlarning mehrini qozongan 10 nafar ishtirokchi ushbu bosqichda mutlaqo yangi va g‘aroyib rolda chiqdi.
Shunday qilib, beshinchi konsert to‘liq operaga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar unga juda puxtalik bilan tayyorlandi, desak adashmaymiz. Ular bir hafta davomida repetitsiya qilishdi, o‘zlarining vokal mahoratiga iloji boricha yaxshiroq sayqal berish maqsadida ovozlarini ochishga harakat qilishdi. Yigit-qizlar buning ustidan chiqa oldimi yoki yo‘qmi, buni 27-aprel kuni soat 20:00 da Forum TV telekanalida bilib oldik.
Ishtirokchilarning chiqishlarini odatdagiday O‘zbekiston madaniyati va san’ati arboblari, bir so‘z bilan aytganda, o‘z ishining ustalari baholadi:
1. Gulnora Karimova – Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi hay’atining faxrli a’zosi, “Fund Forum” Vasiylik kengashining raisi
2. Abduhoshim Ismoilov – O‘zbekiston xalq artisti
3. Ramiz Usmonov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
4. Jahongir Poziljonov – o‘zbek estradasi xonandasi, “Bojalar” guruhining yakkaxoni
5. Alisher Uzoqov – o‘zbek kinematografiyasining taniqli aktyori.
Kechki bazm liboslaridagi qizlar, klassik kostyum kiygan yigitlar, xullas, tegishli obrazlarda chiqqan 10 nafar ishtirokchi va har bir chiqishning individual mavzu bo‘yicha jihozlanishi, yigit-qizlarni mutlaqo tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yubordi! Ota-onalar, aniqrog‘i butun fan-zona konsert davomida nafaqat chiqishlarni, balki sevimli ijrochilarining tashqi ko‘rinishlarini ham faol muhokama qilishdi.
An’anaga ko‘ra, konsert SMS-ovoz berish jarayonining yakunlarini e’lon qilish bilan boshlandi. Eng kam ovozni Madina Rashidova oldi. Aynan u konsertni “Ave Maria” final qo‘shig‘i bilan “ochib berdi” va o‘zining Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidagi ishtirokini yakunladi. Madina tashkilotchilarga va loyiha doirasida tanishishga hamda do‘stlashishga ulgurgan insonlarning barchasiga iliq va samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Vasilina Daniyarova SMS-ovoz berish yakunlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi, u “Sevilyalik sartarosh” operasidan mashhur musiqiy kompozitsiyani ijro etdi. Klassik qo‘shiq – uning sevimli janri, shu bois u o‘zining vokal qobiliyatlarini yaxshi ko‘rsata oldi.
“Chiqib ketish”ga nomzodlar uchtaligining chiqishi Ulug‘bek Holiqov ijrosidagi “Santa lucia” qo‘shig‘i bilan yakunlandi. Ulug‘bek o‘tkazilgan SMS-ovoz berish jarayonida eng ko‘p ball olishga muvaffaq bo‘ldi.
Ulardan keyin sahnada loyihaning qolgan ishtirokchilari o‘z mahoratlarini ko‘rsatdi.
1) Roman – “O sole mio”;
2) Shahlo – “Time to Say Goodbye”;
3) Oskar – “Caro mio ben”;
4) Nurali – “Ombra Mai Fu”;
5) Yana – “O mio babbino caro”;
6) Rasul – “La Donna e Mobile”;
7) Akbar – “Besame mucho”;
Nurali Shukrullayevning “Adashdim” mualliflik qo‘shig‘i bilan chiqishi konsert dasturining finaliga aylandi. Oldin xabar qilinganiday, u to‘rtinchi Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertida eng yuqori ball olishga muvaffaq bo‘lgandi, demak, maxsus musiqiy kompozitsiyani ijro etish navbati unga kelgan.
Natijalarni e’lon qilish konsert kechasining yakuniy bosqichiga aylandi. Unga ko‘ra, loyihadan “chiqib ketish”ga nomzodlarning navbatdagi uchtaligi ma’lum bo‘ldi:
Shahlo;
Akbar;
Rasul.
Shu bilan birga hafta yetakchisi ham aniqlandi! Yana Baxtiyeva bor-yo‘g‘i bir ball farq bilan Vasilinadan o‘zib ketdi. Ekspressiya, artistik mahorat, ajoyib vokal ularga reytingdagi yuqori pozitsiyalarni egallash imkonini berdi. Shu tarzda, Yana shu haftaning yetakchisiga aylandi. Uning ajoyib ovozi tomosha zalidagi barchani lol qoldirdi.
Biz esa, faqat sizlar – «Beeline» abonentlarigina, u yoki bu ishtirokchiga o‘z SMS-ovozlaringizni bergan holda, tanlovdagi yigit-qizlarning keyingi taqdiriga ta’sir ko‘rsata olishingizni eslatib o‘tamiz.
Agar loyihada Shahlo qolishini istasangiz, unda 7777 qisqa raqamiga 9 kodi yozilgan xabarni jo‘nating.
Akbarni esa 7777 qisqa raqamiga 1 kodi yozilgan xabarni jo‘natgan holda qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.
7777 qisqa raqamiga 3 kodi yozilgan xabarni jo‘natsangiz, Rasulni “qutqarib” qolasiz.
SMS-ovoz berish natijalari keyingi Zo‘r-Zo‘r STAR konsertda e’lon qilinadi, uni biz 4-may shanba kuni soat 20:00 da tomosha qilishimiz mumkin.
Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi