Ucell rahbariyati viloyatlar bilan tanishuvni davom ettiradi

ucell_30_04_2013

2013-yilning 24-26 kunlari Ucell mobil operatori Bosh direktori Ali Agan boshchiligidagi kompaniya rahbariyati O‘zbekiston viloyatlari bo‘ylab xizmat safari davomida Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdilar.

Ushbu safardan maqsad hududlardagi, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi Ucell ofislari faoliyatini xolisona baholashdan iborat. Shu bilan birga, xizmat safari dasturiga muvofiq viloyatlar rahbarlari, kompaniyaning joylardagi xodimlari va dilerlari, shuningdek, Ucellning korporativ mijozlari bilan yaqindan tanishishdir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijasida, hududlarda Ucell telekommunikatsiya xizmatlarini yanada takomillashtirish masalalari borasida kelishib olindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida yetakchi mavqeni egallab kelayotgan ushbu kompaniya xizmatlarini yanada yaxshilashni davom ettirmoqda. Jumladan, tarmoq xizmatini takomillashtirish borasida 2013-yilning birinchi choragida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida qo‘shimcha stansiyalar, tarmoq xizmat doirasi kengaytirilib, yangi xizmat turlari va tariflar taqdim etildi.

ucell_30_04_2013_1

Ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida Ucell mobil operatori O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Safarning yana bir muhim vazifalaridan biri – Kompaniya dilerlari bilan uchrashishdan iborat. Jumladan, Urganch va Nukusda dilerlar konferensiyasi tashkil etilib, unda hamkorlikni rivojlantirish, uzoq qishloq hududlarida Ucell xizmatini takomillashtirish, shuningdek, kompaniya obro‘sini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi. Konferensiyalarda Kompaniyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda faoliyat olib borgan eng yaxshi dilerlari 2013-yil birinchi choragi yakuniga binoan rag‘batlantirish sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Kompaniyaning Bosh direktori Nukus va Urganch ofislari xodimlari bilan uchrashib, tadbirkorlikni rivojlantirish rejalari hamda 2013-yil yutuqlari haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi va xodimlarning savollariga javoblar berdi. Safar nihoyasida Ucell mobil operatorining Nukusdagi yangi dilerlik ofisining ochilishi tantanali ravishda nishonlandi. Bu ofisda mijozlar Kompaniya tarmog‘iga ulanishlari, hisobni to‘ldirishlari, kerakli xizmat turlarini faollashtirishlari kabi qator qulayliklardan foydalanish bilan birga, hududda tadbirkorlikning rivojlinishi yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system