Ramiz Usmonov: “Mening fikrimcha, hay’at a’zolari juda adolatli tarzda baholadilar”

Beshinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-hisobot konserti opera ruknida o‘tkazildi va aynan shuning uchun hay’at a’zolarining faxriy jamoasiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, A.Navoiy nomidagi DABT solisti Ramiz Usmonov taklif etildi. O‘z kasbining ustasi bo‘lgan insonning umumiy qarashlari o‘ta muhim, shunday ekan undan intervyu olishga va o‘tgan tadbir haqidagi fikrlarini bilishga qaror qildik.

— Bugun men uchun bayram bo‘ldi. Men ilk bor Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertida bo‘ldim va yoshlarimizning klassik musiqaga qiziqishlari, opera partiturasini kuylashlari meni juda xursand qildi. Agar keyin ham shunday bo‘lsa, bizda ko‘plab munosib opera kuylovchilari yetishib chiqadi. Masalan, Yana Baxtiyeva kompozitsiyani juda qiyin bo‘lishiga qaramay, zo‘r mahorat bilan ijro etdi. Vasilina Daniyarova va Romanlar ham o‘zlarini eng yaxshi tomondan ko‘rsatdilar, opera vokali, shubhasiz, ularning yaxshi bilgan narsasi. Shaxlo borasida u xalq va estarada qo‘shiqlarini yaxshi kuylashini aytishdi, mening fikrimcha unga loyihada qolish uchun imkon berish lozim, biroq barchasini faqatgina Beeline abonentlari hal etadilar.

Umuman olganda, chiqishlar menga ma’qul keldi. Bolalar bir oz o‘z ustida ishlashlari zarur bo‘lgan yagona holat – sahnada vokalga, hech bo‘lmaganda ozgina jonli o‘yin harakatini qo‘shish lozim. Hay’at a’zolari ishtirokchilarga aktyorlik mahoratiga oid to‘g‘ri maslahatlarni berdilar. Agarda ular buni yaxshilashni boshalsalar, ularning ijrolari yanada yorqin hamda jozibador bo‘ladi.

zor1_30_04_2013

Konsertga haftalik tayyorgarlik davomida men tanlov ishtirokchilari bilan vokal bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazdim, ularga baland va past notalarni to‘g‘ri tanlash borasida bir necha o‘rinli maslahatlarni berdim. Ilk uchrashuvimiz chog‘ida ular hayajonlanib, uncha yaxshi ijro eta olmadilar. Maslahatlarimga quloq solib, ishtirokchilar ijobiy chiqish qila oldilar. Mening fikrimcha, hay’at a’zolari juda adolatli tarzda baholadilar. Zaldagi tomoshabinlar ularning fikriga qo‘shildilar.

Zalni bezatilishi borasida alohida to‘xtalmoqchi edim. Menga u juda yoqdi, barchasi yulduzli osmon ko‘rinishida, Yevropa rusumida o‘ziga xos mahorat bilan ishlangan. Rejissyorlar va operatorlarning batartib ishlari yoqdi, aynan ular tufayli teletomoshabinlar Forum TV va NTT kanallari orqali konsertlarni tomosha qila oladilar.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system