«Sahro» guruhi: «Ochiq SMS-ovoz berish tizimi juda quvontirdi»

Konsertlardan birida mashhur “Sahro” guruhining vakillari bilan suhbat qurishga muvaffaq bo‘ldik. Daler Xonzoda va Daler Ametist kasting paytida saralash komissiyasi a’zolarining tarkibiga kirgandi, keyin esa ishtirokchilar bilan birgalikda bir sahnada kuylashdi.

— Ishtirokchilar haqida quyidagilarni qayd etishni istardik. Agar ularning kasting paytidagi va hozirgi holatini taqqoslaydigan bo‘lsak, ishtirokchilarning professional rivojida sezilarli o‘sish borligini kuzatish mumkin. Vokal, aktyorlik mahorati va xoreografiya bo‘yicha kundalik mashg‘ulotlar o‘z natijasini bermoqda. Yigit-qizlar sahnada o‘zlarini ancha ishonchli his qilishyapti, ammo baribir ozgina hayajon bor, albatta. Sahnaga chiqish oldidan hatto mashhur ijrochilar ham hayajonlanadi, har birimizda uni yengib o‘tishning o‘z usuli mavjud. Masalan, biz ishtirokchilarga sahnaga chiqishdan oldin biroz “jinnilik” qilishni tavsiya etamiz. Inson ruhi va tanasining bunday holati asabiylashishni yo‘q qilishga yaxshi yordam beradi.

zor_29_04_2013

Ochiq SMS-ovoz berish tizimi juda quvontirdi. Zurzurstar.uz saytida abonentlarning nominantlar uchun bergan ovozlarni hisoblovchi maxsus hisoblagich bor. Mazkur jarayonni kuzatish imkoniyati hammasi ochiqchasiga va halol bo‘layotganidan dalolat beradi.

Shu bilan birga studiyaning jihozlanishi ham juda yoqdi. Xorijiy uslub, qandaydir bir yangilik sezildi. Biz qoyil qoldik. Iste’dodli yoshlarimiz uchun juda zarur bo‘lgan Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasini ro‘yobga chiqara olgani uchun “Beeline” va “Fund Forum”ga rahmat.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system