Beeline Club ballarini endilikda telefonlarga almashtirish mumkin

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Beeline Club” ishtirokchilari uchun imkoniyatlar kengaytirilganligi haqida xabar beradi. 24 apreldan 24 iyulga qadar ular bonusli ballarini “Bilayn”dan taklif etiladigan telefonlarga almashtirishlari mumkin.

• Bilayn S305 = 4 000 ball
• Nokia 1280 = 4 500 ball
• Nokia 1800 = 5 000 ball
• Bilayn G2100 = 5 500 ball
• Zo‘r-Zo‘r Honor = 10 000 ball
• Samsung Galaxy S Plus = 15 000 ball
• Samsung Galaxy S II = 20 000 ball
• Samsung Galaxy S III = 25 000 ball

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Biz abonentlarimiz — Beeline Club bonusli karta egalariga katta sovg‘a tayyorlab qo‘ydik. Uch oy ichida ularning har biri kerakli miqdorda ballar to‘plash, ma’qul kelgan telefonni tanlash va uni mutlaqo bepul qo‘lga kiritishining o‘zi kifoya”.

beeline_26_04_2013

Buning uchun zarur miqdorda ball to‘plagan raqam egasi pasport va INN bilan kompaniyaning ochiq ofisiga murojaat etmog‘i lozim. Telefonlar cheklangan miqdorda.

Shaxsiy telefondan *777# bepul so‘rovni tergan holda Beeline Club bonusli dasturining ishtirokchisiga aylanish mumkin.Ulanishda birinchi 20 ball sovg‘a tariqasida taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system