“Bilayn” va Universal Bank xizmatlar to‘lovi imkoniyatlarini kengaytirishmoqda
25.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Universal Bank” dan “HAYDA!” internet – banking tizimi yordamida xizmatlar to‘lovi imkoniyatini taqdim etadi. “HAYDA!” masofali bank xizmati Tarmoq vositasida bank bo‘linmalaridagiga nisbatan yanada qulay sharoitlarda hisoblarni boshqarish va xizmatlarni to‘lash imkonini beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Mobil texnologiyalari asrida bu kabi servislar noan’anaviy tarzda ommalashib boradi. Ular mijozlarga xavfsiz hamda mustaqil tarzda real vaqt rejimida o‘z to‘lovlarini amalga oshirish imkonini beradi va mijozni majburiy bank tashrifidan ozod qiladi. Bu vaqtdan juda qulay va samarali foydalanish usuli”.

“HAYDA!” internet-banking tizimidan on-line rejimida foydalangan holda, nafaqat uyali aloqa xizmatlarini, Torg.uz, odnoklassniki.ru va shu kabi servislarni to‘lash mumkin.

Batafsil ma’lumot www.universalbank.uz/ru/online/hayda va www.beeline.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq