27 aprelda Toshkentda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionatining Milliy finali bo‘lib o‘tadi
25.04.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_25_04_2013

Yagona aloqa operatori “Bilayn” 27 aprelda Toshkentda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining milliy finali o‘tkazilishil haqida xabar beradi. Butun O‘zbekistondan hududiy saralash turnirlarining g‘oliblari AIMAG Incheon 2013 Yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo o‘yinlariga yo‘llanmani yutib olish uchun Toshkentga kelishadi.

“Biz yagona jamoa, biz yagona oila!” yoshlar aksiyasining tashkilotchilariga biz ushbu megaaksiyada ishtirok etishga taklif qilganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz, – deydi chempionat tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – “Kelajak Ovozi” YOTM faollaridan Guliston, Jizzax, Navoiy, Urganch, Nukus, Buxoro, Termiz, Qarshi, Samarqand, Namangan, Andijon va Farg‘onada hududiy saralash bosqichlarini tayyorlash va o‘tkazishda ko‘maklashganliklari uchun minnatdormiz. Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 O‘zbekiston yo‘llari bo‘ylab qariyb 5 ming kilometrni bosib o‘tdi. Biz har bir viloyatda turnir o‘tkazdik. Mamlakatimizda shu kungacha e-sport bo‘yicha chempionat bu kabi keng ko‘lamda va ochiq o‘tkazilgan emas. Zo‘r-Zo‘r yoshlar markasi va “Bilayn”ga O‘zbekistonda e-sportni yuqori darajada qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz!”

Eslatib o‘tamiz, Yagona aloqa operatori “Bilayn” O‘zbekiston Respublikasi Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi ko‘magida “Kelagak ovozi” Yosh tashabbuskorlar markazi va InfoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkillashtirilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Bosh homiysi bo‘lgan. Hududiy turnirlar “Biz yagona jamoa, biz yagona oila!” yoshlar aksiyasi doirasida 29 martdan 18 aprelga qadar o‘tkazilib, e-sport bo‘yicha AIMAG Incheon 2013 Yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo o‘yinlarining saralash bosqichi bo‘ldi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan Unitel MCHJ bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 mamlakatimiz e-sporti tarixidagi eng ulkan turnirga aylandi va biz uni rivojlatirishga hissamizni qo‘shish imkoniyati taqdim etilganidan faxrlanamiz. Zo‘r-Zo‘r yoshlar brendi azaldan eng yorqin va keng ko‘lamli aksiyalar bilan chambarchas bog‘langan, shuning uchun oldinda turgan final buni yana bir tasdiqlashiga ishonaman”.

Milliy final Poytaxt Savdo-ko‘ngilochar markazi, 3-4 blok, 3 qavatda joylashgan Sharq Space ko‘ngilochar markazida bo‘lib o‘tadi. Mo‘ljallar: O‘zbekiston Rus Akademik Drama Teatri va «Amir Temur Hiyoboni» metro bekati.

Barcha chempionatning final matchini tomosha qilishni istaganlarni taklif qilamiz.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq