“Bilayn” — “Hayot uchun!” Xayriya futbol matchining Bosh homiysi

foot_24_04_2013_3

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Fond Forum, Ko‘krak bezi saratoni Milliy uyushmasi va “Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan tashkillashtirilayotgan “Hayot uchun!” xayriya futbol matchining Bosh homiysi bo‘ldi.

25 aprelda yangi “Bunyodkor” stadionida haqiqiy futbol bayrami bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar jami uchta o‘yinning guvohi bo‘ladilar: ikkita yarimfinal va bitta final. Oldinda turgan matchlar ishtirokchilari orasida – o‘zbek estrada va kino yulduzlari Alisher Uzoqov, Jahongir Poziljonov, Valijon Shamsiev, Shukurullo Isroilov, Ozodbek Nazarbekov, Rashid Holiqov, Ulug‘bek Rahmatullaev, Alisher Fayz, “Zarba”, “Sahro”, “Ummon” guruhlari va boshqalar bor. Zo‘r-Zo‘r Star loyihasining ishtirokchilari hamda o‘zbek estradasi yulduzlari Shahzoda, Lola, Ozodbek Nazarbekov, Nilufar Usmonova maydonda o‘z musiqiy namoyishlari bilan xayriya futbol matchi ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlaydilar.

foot_24_04_2013

Sotilgan chiptalardan tushgan barcha mablag‘lar ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashga, xususan, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida ayollar uchun bepul diagnostika aksiyalarini o‘tkazishga hamda zarur dori vositalarini sotib olishga yo‘naltiriladi.

foot_24_04_2013_1

Joriy yilda Toshkentdagi bosh futbol matchidan oldin mamlakatning turli viloyatlarida o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Muxlislarning umumiy soni 163 ming kishini tashkil qildi, marafon ishtirokchilariniki esa – qariyb 60 ming kishini. Viloyatlarda futbol matchlari hamda “Hayot uchun!” forum-marafonlari O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘tkazilgan “Biz yagona jamoa!” Respublika yoshlar aksiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan.

foot_24_04_2013_2

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system