Beeline Club ballarini endilikda internet-paketlarga almashtirish mumkin
24.04.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Gold va Platinum toifadagi “Beeline Club” dasturi ishtirokchilari uchun imkoniyatlar kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Endilikda ular bonusli ballarni internet-paketlarga almashtirishlari mumkin.

beeline_24_04_2013

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Agar ilgari bonuslarni internet-paketlarga almashtirish faqatgina Silver darajasidagi Beeline Club ishtirokchilariga amal qilgan bo‘lsa, endilikda biz Gold va Platinum kartalari egalarining ko‘p sonli tilaklarini amalga oshirmoqdamiz, ular ushbu imtiyozdan to‘liq foydalanishlari mumkin. Mijozlarimizga qo‘shimcha qulaylik yaratish va servis ko‘rsatishdan doimo mamnunmiz”.

beeline_24_04_2013_1

Shaxsiy telefondan *777# bepul so‘rovni tergan holda Beeline Club bonusli dasturining ishtirokchisiga aylanish mumkin. Ulanishda birinchi 20 ballsovg‘a tariqasida taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq