Abdulla Shomag‘rupov: «Finalgacha hammayam yetib bormasligini yaxshi tushunamiz»

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomag‘rupov ham Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida qatnashdi va unga qoyil qoldi. Taniqli artist tanlovdan olgan taassurotlarini bajonidil biz bilan o‘rtoqlashishga rozi bo‘ldi.

— Hayratlanarli loyiha, u bizda ilk bor o‘tkazilyapti, yoshlar uchun ham qiziqarli, chunki ularning oldida katta istiqbollarni ochib bermoqda. Zo‘r-Zo‘r STAR katta sahnaga olib chiqadigan yo‘l. Bizda shunday loyiha borligidan mamnunman, u, albatta, o‘zini oqlaydi va yana davom etadi, deb umid qilaman.

zor_24_04_2013

Kelajakda ishtirokchilarimizdan yaxshi xonandalar chiqadi, deb o‘ylayman. Ularning har biri o‘ziga yarasha iste’dodli, hammasi esda qoladigan qiyofaga, xarizma va ajoyib vokal ko‘rsatkichlariga ega. Doimiy ravishda o‘z ustida ishlash ularga ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga yordam beradi. Yigit-qizlarning ijodiy faoliyati hali oldinda, ularga katta umid bilan boqsak bo‘ladi. Keyinroq o‘zlarini qanday namoyon etishlarini ko‘ramiz, albatta. Finalgacha hammayam yetib bormasligini yaxshi tushunamiz. Ammo mag‘lubiyatga qaramasdan, hech qanday holatda hech kim xafa bo‘lmasligi kerak, chunki loyihadagi ta’lim jarayonining o‘zi professional o‘sishga katta turtki bo‘ladi.

zor_24_04_2013_1

Loyiha tashkilotchilari bo‘lgan “Beeline” va “Fund Forum”ga alohida tashakkur aytishni istardim, ular juda katta ishni amalga oshirishdi. Bu iste’dodli yigit-qizlarga o‘z orzusini – texnikaning eng oxirgi namunalari bilan jihozlangan ajoyib sahnaga chiqish orzusini ro‘yobga chiqarishlariga ko‘maklashdi. Konsertni tasvirga olish jarayoniga to‘xtaladigan bo‘lsak, u noan’anaviy, ammo juda qiziqarli formatda o‘tkazilmoqda. Tasvirchilar ijodiy jamoasi hamjihatlik bilan ishlayotganining yakuniy natijasini Forum TV va NTT kanallarida ko‘rish mumkin.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system