Ucell cheksiz internet-paketlarni ishga tushirdi
23.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Ucell mobil operatori yangi — “Cheksiz Internet” xizmatini ishga tushirilgani haqida xabar berdi. Ushbu xizmat turi abonentlarga sarf qilingan trafik ustida bosh qotirmay, mobil internetdan erkin foydalanish imkonini beradi.

Qancha megabayt? Qaysi tarif arzonroq? Bir kunda menga qancha trafik kerak bo‘ladi? Endi bu savollarga javob izlash shart emas! “Cheksiz Internet” xizmati yordamida Ucell abonentlari trafik narxi to‘g‘risida qayg‘urmay, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishlari, elektron maktublarni o‘qishlari, on-layn translyatsiyalarni tomosha qilishlari, musiqa tinglashlari, audio, video-kliplarni yozib olishlari mumkin.

400x600

“Cheksiz Internet” xizmati bir nechta paketlarda: “Smartfon uchun” – 6.99 dollar; “Planshet uchun” – 8.99 dollar; shuningdek, “Modem uchun” – 16.99 dollar evaziga 30 kun davomida hech qanday qo‘shimcha to‘lovlarsiz tavsiya etiladi.

Kerakli paketni tanlash uchun *600# raqamlarini terib, chaqiruvni bosing.

“Cheksiz Internet” xizmatiniga ulanib, Ucell abonentlari cheksiz on-layn rejimidan istalgan hajmdagi trafikdan foydalanishlari mumkin. Mobil internet bu kelajak talabi, shuning uchun bu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz: 3G uchinchi avlod texnologiyalarini rivojlantirishga investitsiyalar ajratib, abonentlarimizga axborot yetkazishning eng ilg‘or texnologiyalarini tavsiya etmoqdamiz”, — deb izohlaydi Ucell Marketing Departamenti Direktori Hikmatilla Nasritdinxo‘jayev.

Xizmatga ulangan kundan boshlab, “Cheksiz Internet” xizmati har 30 kunda avtomatik tarzda tayinlanadi va ushbu xizmatdan Ucell old to‘lov (Prepaid) tizimi abonentlari foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq