Zo‘r-Zo‘r STAR: to‘rtinchi hisobot konserti

20-aprel kuni soat 20:00 da Forum TV telekanalida Zo‘r-Zo‘r STAR to‘rtinchi hisobot konserti namoyish etildi, konsert mavzusi o‘zbek estradasining 1990 yillardagi xitlarga bag‘ishlandi.

Bu safar hay’at a’zolarining faxrli kollegiyasidan quyidagilar o‘rin oldi:

Nasiba Abdullayeva – O‘zbekiston xalq artisti;
Abduhoshim Ismoilov – O‘zbekiston xalq artisti;
Zulayho Boyxonova – O‘zbekiston xalq artisti;
Jahongir Poziljonov – o‘zbek estradasi yulduzi, “Bojalar” guruhining ishtirokchisi;
Rustam Hamroqulov – vokal bo‘yicha pedagog.

zorc_22_04_2013

zorc_22_04_2013_1

zorc_22_04_2013_2

An’anaga ko‘ra, konsert avvalida haftalik SMS-ovoz berish jarayonining yakunlari e’lon qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, eng kam ball Feruza Jumayevaga berilgan. “Beeline” abonentlari bu ishtirokchimizni qo‘llab-quvvatlab 28 535 ta ovoz bergani ma’lum bo‘ldi. Feruza “Shunchalar” deb nomlanuvchi “oxirgi” qo‘shig‘ini ijro etganidan so‘ng tashkilotchilarga, hay’at a’zolariga, tanlov ishtirokchilari va o‘zi uchun ovoz berganlarning hammasiga minnatdorchilik so‘zlarini izhor etdi. Loyihadan chiqib ketish ishtirokchilar uchun ham, pedagoglar uchun ham birday noxush vaziyat, albatta, aynan shuning uchun ham bu jarayon ko‘z yoshlarisiz kechmadi.

44 281 ta ovozni olgan va ikkinchi o‘rinni egallagan Madina Rashidova esa jo‘shqin “Vafodoring” qo‘shig‘i bilan chiqdi. Raqsga tushayotgan qizlarning yorqin milliy liboslari uning chiqishiga o‘ziga xos sharqona kolorit va iliqlik baxsh etdi.

Undan keyin SMS-ovoz berish jarayonining g‘olibasi Vasilina Daniyarova kuyladi. U “Qora tun” qo‘shig‘ini ijro etdi. Aytganday, u muxlislarning 57 462 ta ovozini olishga muvaffaq bo‘ldi.

zorc_22_04_2013_3

zorc_22_04_2013_4

zorc_22_04_2013_5

Shu tarzda, konsert dasturini qolgan ishtirokchilar davom ettirdi:

Rasul – «O‘sha sizmi»;
Yana – «Osmonimga olib ketaman»;
Roman – «Baxt»;
Shahlo – «Mayda»;
Оsqar – «Sveti»;
Nurali – «Qaydasan»;
Akbar – «Yomg‘ir»;
Ulug‘bek – «Xafa qilma meni».

Ishtirokchilarning har bir chiqishi o‘ziga xos g‘aroyib va sahnalashtirish jihatidan original bo‘ldi. E’tiborlisi, nomerning kompozitsion tuzilishi ustida nafaqat professionallar, balki ishtirokchilarning o‘zlari ham ishladi. Masalan, Ulug‘bek Holiqov o‘z nomerining syujetini to‘liq o‘zi o‘ylab topdi.

zorc_22_04_2013_6

zorc_22_04_2013_7

zorc_22_04_2013_8

Loyiha boshlanganidan buyon yigit-qizlar shu darajada do‘stlashib ketishdiki, hozir ular bir-birini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishyapti, buning ustiga bir-birlarining, ya’ni potensial raqiblarining chiqishlarida ham qatnashishyapti. Bunga Asqar Jalilovning chiqishini yaqqol misol qilib ko‘rsatish mumkin. Uning chiqishini sahnalashtirishda Ulug‘bek Holiqov, Roman Vetrov va Rasul Tursunqulovlar ham qatnashdi.

Aytganday, aynan Rasulning chiqishi konsertga yakun yasadi. U uchinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertda hay’at a’zolari va pedagoglarning eng yuqori balliga sazovor bo‘lgani uchun rag‘batlantiruvchi mukofot sifatida unga atab maxsus “Aldama” kompozitsiyasi yozildi.

Konsert yakunida sahnaga qolgan o‘nta ishtirokchi taklif etildi.

Bu safargi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertda Nurali Shukurullayev eng yuqori ball olishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum qilindi. Demak, navbatdagi maxsus qo‘shiq unga sovg‘a qilinadi.

zorc_22_04_2013_9

zorc_22_04_2013_10

zorc_22_04_2013_11

zorc_22_04_2013_12

Shuningdek, loyihadan chiqib ketish nominatsiyasiga ham yana uchta nomzod qo‘yildi, bular:
Ulug‘bek Holiqov;
Vasilina Daniyarova;
Madina Rashidova.

Agar loyihada Ulug‘bek qolishini istasangiz, unda 2 kodi yozilgan xabarni 7777 qisqa raqamiga yuboring.
Agar 4 kodi yozilgan xabarni 7777 qisqa raqamiga yuborsangiz, unda Vasilinani qo‘llab-quvvatlaysiz.
Madinani esa 7777 qisqa raqamiga 7 kodi yozilgan xabarni jo‘natsangizgina “qutqarib qolasiz”.

SMS-ovoz berish natijalari keyingi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertda e’lon qilinadi, uni biz 27-aprel shanba kuni soat 20:00 da tomosha qilishimiz mumkin.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system