Ziyoda: «Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi aynan jonli ijroni qo‘llayotganidan xursandman»

Uchinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsert o‘zbek estradasining ko‘plab mashhur insonlarini to‘pladi. Yulduzlar tanlov ishtirokchilariga yangi repertuardagi qo‘shiqlarni ijro etishga yordam beruvchi murabbiy sifatida taklif etildi. Ulardan biri, aniqrog‘i, “Nihol” mukofotining sovrindori jozibali ovoz sohibasi xonanda Ziyoda biz bilan suhbatlashishga lutfan rozi bo‘ldi.

zor1_22_04_2013

— Loyihada qatnashayotganimdan juda mamnunman. Konsertda biz estradamizning bo‘lg‘usi yosh yulduzlari bilan birgalikda kuyladik – bu juda ajoyib bo‘ldi! Masalan, men Ulug‘bek bilan kuyladim, uning qobiliyatlari ko‘pligini ko‘rdim, Ulug‘bek ularni asta-sekin rivojlantirib borishi mumkin. Men bu ishtirokchini loyihadan oldin ham bilardim, uning ijrosidagi qo‘shiqlarni eshitganman. Taqdir ekan, biz yana u bilan uchrashdik. Men unga va tanlovdagi barcha ishtirokchilarga faqat omad tilayman.

zor1_22_04_2013_1

Repetitsiyalarda biz fonogrammasiz, faqat jonli tarzda ishladik. Oldinlari jonli ijro bilan konsert beradigan yulduzlar kam edi, hozir ularning safi sezilarli darajada ko‘payib qoldi. Ko‘pgina estrada xonandalari uchun bu o‘zining vokal qobiliyatini namoyish etish bo‘yicha katta imkoniyat hisoblanadi. Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi aynan jonli ijroni qo‘llayotganidan mamnunman. Bunday tadbirlar bizda iloji boricha ko‘proq bo‘lishini istardim. Dekoratsiyalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, menga “Beeline” kompaniyasining “fishkasi” – asalariga o‘xshab qora va sariq ranglarning birga kelishi yoqdi. Ko‘nglimdagiday bo‘libdi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system