Ulug‘bek Rahmatullayev: «Yoshlarga yordam berayotgani uchun “Fund Forum” va “Beeline”dan minnatdorman»
22.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Uchinchi Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertida “Nihol” mukofotining sovrindori, “Yilning eng yaxshi qo‘shiqchisi”, “Yilning eng yaxshi klipi” nominatsiyalarida M&TVA mukofotining laureati, xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevni ham ko‘rdik. U o‘z fikr-mulohazalarini biz bilan bajonidil o‘rtoqlashdi.

Zo‘r-Zo‘r STAR — oldinlari bo‘lmagan yangi loyiha. U tomoshabinlarga yana shunisi bilan qiziqarliki, tanlov ishtirokchilari qo‘shiqlarni jonli ijro etishlari kerak, ana shundagina muxlislar o‘zlari yoqtirgan ishtirokchining vokal qobiliyatlarini real baholay oladi. Meni Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasiga o‘zbek estradasining xonandasi sifatida taklif qilishganida xursand bo‘ldim. U haqiqatan ham hozirgi yoshlarga biznikiga qaraganda ko‘proq imkoniyat beradi. Men doim shunday tanlovlarda qatnashishni orzu qilardim.

zor_22_04_2013

Birinchi repetitsiyaga kelganimda, meni ishtirokchilar yashayotgan sharoit o‘ziga jalb etdi. Hamma joyda yoqimli muhit, ular mehribon va hozirjavob insonlar bilan muloqot qilishyapti, ular uchun juda qulay sharoitlar yaratilgan.

Menga Madina bilan kuylashimni aytishganida, bundan juda xursand bo‘ldim, chunki u bilan loyihagacha tanishishga muvaffaq bo‘lgandim. U yaxshi qiz, vazmin, tartibli. Dastlab mos keladigan qo‘shiqni tanlash qiyin bo‘ldi, chunki erkak va ayollarning tonalligi farq qiladi. Yaqinda biz Rayhon bilan “O‘qilmagan kitob” qo‘shig‘ini yozgandik, men uni Madina bilan ijro etishga urinib ko‘rdim, yaxshi chiqdi. Bu ijroni eshitib, pedagoglar qo‘shiqni ma’qullashdi. Madina bilan bir-birimizni yaxshi qo‘llab-quvvatlayapmiz. Unga omad va ijodiy yutuqlar tilayman.

zor_22_04_2013_1

Konsert katta imtihon hisoblanadi. Ishtirokchilar qanday repetitsiya qilayotgani, ularning sa’y-harakatlari va buni qay darajada yaxshi bajarayotganliklarini esa hay’at a’zolari va tomoshabinlar baholashadi. Loyihada eng asosiysi – qatnashish va qo‘shiqni jonli kuylash. Hamma yulduzlar jonli ijroga o‘tishlari kerak, deb o‘ylayman, chunki bu butun dunyoda qabul qilingan amaliyot.

Studiyaning jihozlanishi meni lol qoldirdi. Men xuddi Yevropadagi konsertga tushib qolganday bo‘ldim. Yevropacha usul darrov seziladi. Yoshlarga yordam berayotgani uchun men “Fund Forum” va “Beeline”dan minnatdorman. Bu juda yoqimli. Tashkilotchilarning hammasiga rahmat.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq