24 aprelda Toshkentda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionatining saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi
22.04.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_22_04_2013

Yagona aloqa operatori “Bilayn” 24 aprelda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilikning Toshkent hududiy bosqichi o‘tkazilishi haqida xabar beradi. Turnir soat 9:00 Toshkent, Matbuotchilar ko‘chasi, 9 uyda joylashgan Sharq Space ko‘ngilochar markazida boshlanadi.

Chempionatda istalgan yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun editor@infocom.uz manziliga familiya, ism, uy manzili va telefon ko‘rsatilgan arizani jo‘natish lozim.

Hududiy bosqichiningbirinchi to‘rtta o‘rinisohiblari 27 aprelda Toshkentda o‘tkaziladigan milliy finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar. Milliy final g‘olibi 2013 yil 29 iyundan 6 iyulga qadar Janubiy Koreyada Osiyo Olimpiya Kengashi va O‘zbekiston Olimpiya Qo‘mitasi homiyligi ostida bo‘lib o‘tadigan Yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo O‘yinlari AIMAGIncheon shahrida 2013da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati O‘zbekiston Respublikasi Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi ko‘magida “Kelagak ovozi” Yosh tashabbuskorlar markazi va InfoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkillashtirilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq