Zulayho Boyxonova: «Zo‘r-Zo‘r STAR sahnasi texnikaning eng so‘nggi namunalari bilan jihozlangan»
19.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

O‘zbekiston xalq artisti, hamma sevib tinglaydigan xonanda Zulayho Boyxonova ham uchinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-kontsertda ishtirok etdi. U o‘zining mashhur “Hay-hay” musiqiy kompozitsiyasini tanlov ishtirokchisi Nurali bilan birgalikda kuyladi. Ularning chiqishi tomoshabinlar zalining gulduros qarsaklari bilan yakunlandi.

Ushbu muvaffaqiyat repetitsiyalar davomidagi qunt bilan qilingan mehnat natijasi desak, yanglishmaymiz. Repetitsiyalar jarayoni qanday kechgani haqida xonandaning o‘zi bizga so‘zlab berdi.

zor3_19_04_2013

— Birinchi navbatda, san’at sohasining vakili sifatida, loyiha tashkilotchilari bo‘lgan “Beeline” kompaniyasi va “Fund Forum”ga katta tashakkur bildirishni istardim. Yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ularga shunday katta binoni taqdim etishibdi. Tanlov ishtirokchilari chiqayotgan sahna texnikaning eng so‘nggi namunalari bilan jihozlangan. Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining ishtirokchilari davlat tomonidan katta yordam olyapti, shuning uchun ular bu imkoniyatdan unumli foydalanishlari lozim. Masalan, mening duetdoshim Nurali konservatoriyada o‘qiydi, biz u bilan “Hay-hay” qo‘shig‘ini ijro etdik. Oldiniga u juda tashvish va hayajonda edi, keyin o‘zini qo‘lga oldi. Ovozlarimiz duetda chiroyli yangrashi uchun kerakli tonallikni tanlash qiyin bo‘ldi, bir ton past kuylashimga to‘g‘ri keldi. Ijro paytida kuylash unga qiyin bo‘layotgani yuzidan ko‘rinib turardi, ammo kuchli repetitsiyalar uning mahoratini anchagina oshirdi. Nurali repetitsiyalarga juda jiddiy yondashdi. Biroz mazasi bo‘lmaganiga qaramasdan, mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaslikka harakat qildi, hozir o‘zini ancha yaxshi his qilyapti. Nuralining hali ochilmagan qobiliyatlari ko‘p deb o‘ylayman, agar ulardan kelajakda foydalana olsa, kelgusida undan ajoyib xonanda chiqadi. Unga va qolgan ishtirokchilarga ham omad tilayman.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

zor3_19_04_2013_1

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq