Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri Farg‘onada bo‘lib o‘tdi!

ucg_18_04_2013

18-aprel kuni 4-Farg‘ona musiqa kollejida navbatdagi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri o‘tkazildi.

ucg_18_04_2013_1

ucg_18_04_2013_2

FIFA 2013 o‘yinlari turnirida Farg‘ona, Qo‘qon va Марg‘ilondan 50 nafar geymer ishtirok etdi.

ucg_18_04_2013_3

Ishtirokchilar orasida o‘tgan yilgi UCG Beeline 2012 O‘zbekiston chempionati bronza medali sohibi Rustamov Abror ham bor.

ucg_18_04_2013_4

Ishqibozlar uchun musobaqa matchlarini tomosha qilishga katta televizor namoyishi tashkil etildi.

ucg_18_04_2013_5

ucg_18_04_2013_6

Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Bosh homiysidir.

ucg_18_04_2013_7

Mintaqaviy turnir 29-martdan 18-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tadi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.

Mintaqaviy saralash turniri musobaqalari natijasiga 27-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalda va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashadigan ishtirokchilar aniqlanadi.

Farg‘ona «Biz bir jamoa, biz bir oila!» yoshlar aksiyasi doirasida mintaqaviy saralash turniri musobaqalari o‘tkazilgan 12- shahar bo‘ldi.

Chempionat tashkilotchilari nomidan mintaqaviy saralash turniri o‘tkazishda Guliston, Jizzax, Navoiy, Urganch, Nukus, Buxoro, Termiz, Qarshi, Samarqand, Namangan, Andijon va Farg‘ona «Kelajak Ovozi» YOTM faollariga minnatdorlik bildiramiz. Chempionat Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 O‘zbekiston bo‘ylab 5 ming kilometr yo‘l bosdi. Hozirgacha esport bo‘yicha chempionat mamlakatimiz bo‘ylab bunday keng miqyosda o‘tmagandi. «Biz bir jamoa, biz bir oila!» yoshlar aksiyasi tashkilotchilariga katta rahmat.

Mintaqaviy saralash turniri musobaqalarini tashkil etishdagi yordami uchun O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi hududiy boshqarmalariga va Musobaqa tashkilotchilari nomidan Farg‘ona musiqa kolleji rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz alohida minnatdorlik bildiramiz.

Mintaqaviy saralash turniri musobaqalari natijasiga 27-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalda va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashadigan ishtirokchilar aniqlanadi.

Farg‘ona musobaqalari natijasiga muvofiq, birinchi o‘rinni – Farg‘ona politexnika instituti 3-akademik litseyi o‘quvchisi, Isakov Sherxon egalladi.

ucg_18_04_2013_8

Ikkinchi o‘rinni – Farg‘onalik tadbirkor Rustamov Abror, egalladi.

ucg_18_04_2013_9

Uchinchi o‘rinni – Farg‘ona «Yarmazar» Akademik litsey o‘quvchisi, Komilov Baxtiyor egalladi.

ucg_18_04_2013_10

Farg‘ona viloyati chempionlari va sovrindorlariga «Bilayn» kompaniyasidan — telefon va 3G modemlari taqdim etildi.

Sovrinlarni Unitel kompaniyasi Sharqiy mintaqaviy filiali direktori Sanjarbek Iminov topshirdi.

Unitel kompaniyasi Sharqiy mintaqaviy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: «O‘zbekiston e-sporti uchun Farg‘ona alohida shahr,bu yerda III Osiyo o‘yinlari brona sohibi Sardorbek Abdullayev shu yerda yashaydi. O‘tgan yili bu yerda UCG Beeline 2012 Mintaqaviy saralash turniri yuqori dajada o‘tgan,bugungi kunda biz– Zo’r-Zo’r UCG FIFA 2013 navbatdagi turnirini o‘tkazdik. Farg‘ona yoshlari futbol ishqibozi va virtual kompyuter o‘yinlari ham ularni bee’tibor qoldirmaydi».

ucg_18_04_2013_11

Vetnamda 2009-yil yopiq binoda o‘tkazilgan III Osiyo o‘yinlari brona sohibi Sardorbek Abdullayev sport – avtomobil poygasi NFS:Most Wantedda g‘laba qozongan. Hozirda esa u Farg‘onadagi FIFA2013 AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashgan yurtdoshlari uchun hamkorlik qildi.

Saralash turniri yakunlanganidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining chempioni O‘zbekistonning haqiqiy chempioni, WCG 2012 jahon chempionatining finali ishtirokchisi Kirill Tulyaganov o‘rtasida chempionlar o‘rtoqlik musobaqalari o‘tkazildi.

ucg_18_04_2013_12

Kirill Tulyaganov 2:0 hisobida galaba qozondi.

Oxirgi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri 24 aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Virtual futbol turnirining o‘tkazilish joyi Sharq Space ko‘ngilochar markazi etib tanlab olindi.

Orphus system