Ucell Gematologiya va qon quyish institutiga infuzomatlardan foydalanish sertifikatini topshirdi
19.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2013-yilning 17-aprel kuni Ucell mobil aloqa operatori “Ucell – Bolalarga” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Gematologiya va qon quyish Ilmiy tekshirish institutiga “infuzomatlar” tibbiy jihozini topshirdi.
Ucell hamda Gematologiya va qon quyish instituti rahbariyati uchrashuv anjumanida O‘zbekistonning tibbiy muassasalarini texnik ta’minlashda yirik kompaniyalarning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Institutning Bosh shifokor-gematologi, Elena Nagaevaning aytishicha, infuzomatlar – bu intensiv terapiya va anestiziyada elektronika yordamida nazorat qilinadigan infuzion nasos bo‘lib, leykoz kasalligini davolashda bemorning tana og‘irligiga dori vositalarini aniq dozirovkalash va ma’lum tezlikda yuborishda qo‘llaniladi. Infuzomat tomirlar trombozining oldini olishda, shuningdek, ignali dori yuborishning uzoq vaqt qo‘llanishini og‘riqsiz olib borishda samarali vositadir. Aniq dozirovkalash ota-onalarni dori vositasini doimiy nazorat qilishdan ozod qiladi. Bundan tashqari, infuzomat yordamida davolanayotgan bola sog‘lom tengdoshlari qatori harakatlarini cheklamasligi, o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishi, doimiy faol hayotini davom ettirishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Elena Nagayeva infuzomatlarni taqdim etishda moddiy yordam ko‘rsatgan Ucell aloqa operatoriga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Anjuman yakunida Ucell Bosh direktori janob Ali Agan infuzomatlar yordamida davolanish kurslarini o‘tishni boshlagan bemor bolalar bilan suhbatlashdi. Gematologiya va qon quyish instituti mutaxassislari anjuman qatnashchilariga infuzomatlar faoliyatini amalda namoyish etdilar.
Janob Ali Agan Ucell savdo belgisi nomidan har bir bemor bolaga estalik sovg‘alarini taqdim etib, tezroq sog‘ayib ketishlarini umid bildirdi. Shuningdek, u Kompaniyaning beg‘araz yordami bilan ko‘plab bemorlar samarali davolanishlari mumkinligiga ishonch bildirdi.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi