«Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish muammolari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5 martdagi 64-son bayonini o‘z vaqtida bajarish» mavzusidagi seminar

2013-yilning 19-aprel kuni Aloqa tarixi muzeyida davra suhbati tarzida “Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish muammolari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-martdagi 64-son bayonini o‘z vaqtida bajarish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi UZINFOCOM tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari huzuridagi Kompyuterlashtirish markazlarining rahbarlari va mas’ul xodimlari uchun tashkil etildi.

sem_19_04_2013

Seminarda respublikamizning barcha hududlaridagi Kompyuterlashtirish markazlarining 25dan ortiq vakillari ishtirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi Kompyuterlashtirish markazlarining faoliyatlarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish, hududlarda AKT’ni joriy etish jarayonlarini jadallashtirish hamda ushbu ishlarni amalga oshirishda Kompyuterlashtirish markazlarining o‘rni va ahamiyatini oshirishdan iborat. Seminar davomida Kompyuterlashtirish markazlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro aloqadorligi, davlat interaktiv xizmatlarini joriy etish va taqdim etish, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorligi, Qo‘mita tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar to‘plami va ularni taqdim etish vositalari kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

sem_19_04_2013_1

Bundan tashqari, seminarda Kompyuterlashtirish markazlarining hozirgi kundagi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Hududlarda AKT’ni rivojlantirish hamda bunda Kompyuterlashtirish markazlarining o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Seminar qatnashchilari “O‘zbekiston Respublikasi Hokimiyatlarining Yagona portali — www.hokimiyat.uz” loyihasi, jumladan, loyihani ishlab chiqish asoslari, loyihaning maqsad va vazifalari hamda loyihani rivojlantirish istiqbollari bilan tanishdilar.

sem_19_04_2013_2

Seminar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-martdagi 64-son bayoni bilan belgilangan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida bajarishni ta’minlash va bunda Kompyuterlashtirish Markazlarining mas’uliyatini oshirish masalalari atroflicha tahlil etildi. Seminar davomida viloyatlarda AKT’ni joriy etish va rivojlantirish bilan bog‘liq muammo va qiyinchiliklar muhokama qilindi, Kompyuterlashtirish markazlari faoliyatlarini rivojlantirish, ularning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini oshirish, mahalliy axborot resurslari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda joylarda davlat organlari tomonidan taqdim etilyotgan interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

sem_19_04_2013_3

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar muhokama qilingan mavzular bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

sem_19_04_2013_4

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system