“Bilayn” Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertlariga taklif etadi!
19.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tayotgan Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining haftalik hisobot konsertlariga taklifnomalar o‘ynalishi boshlanganligini e’lon qiladi.

zor_19_04_2013

“Kun sayin Zo‘r-Zo‘r STAR konsertiga kirishni istovchilarning soni o‘sib bormoqda, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Bu loyihaning mamlakatimiz aholisi orasida tanilib borayotganidan xabar beradi. Shuning uchun biz barcha muxlislarga, ular tanlovni his qilishlari, ishtirokchilarning jonli ijrosidan bahra olishlari hamda ularni shaxsan qo‘llab-quvvatlashlari uchun ushbu imkoniyatni taqdim etishga qaror qildik!”

Chiptalarni “Bilayn”ning Facebook va Odnoklassniki dagi korporativ sahifalarida har seshanba kunlari soat 14.00 da o‘tkaziladigan haftalik viktorinalarda ishtirok etib, qo‘lga kiritish mumkin.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz va www.zurzurstar.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq