Baxtiyor Rahmonov: «Zo‘r-Zo‘r STAR da menga mutlaqo hammasi yoqdi»
19.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Uchinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertda o‘zbek estradasining bir guruh yulduzlari ham ishtirok etganini bilamiz. Ularning orasida yosh, iste’dodli va taniqli ijrochilardan biri Baxtiyor Rahmonovni ham ko‘rdik. U 2011 yili “Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i” nominatsiyasida M&TVA mukofotining sohibi bo‘lgandi.

— Men studiyada bir necha marta bo‘ldim va yigit-qizlar qanday kuylashini, ular nimalar bilan yashayotganini ko‘rdim. Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi ularga o‘zbek estradasining yulduzlari bilan bir sahnada kuylash imkonini taqdim etdi, bu esa ularga o‘zining bor mohiyatini namoyon etishga yaxshi rag‘bat bo‘ldi, deb o‘ylayman.

zor2_19_04_2013

Shahlo bilan men loyihadan oldin tanishgandim, u “Fund Forum” va “Kelajak ovozi” tomonidan tashkil etilgan turli tadbirlarda qatnashardi, ammo u bilan biror martayam duet kuylamagandim. Shu bois Shahlo aynan mening “Quyosh porlamoq uchun” deb nomlanuvchi qo‘shig‘imni tanlagani meni xursand qildi. Musiqiy kompozitsiya yakka ijro uchun yozilgan, shu bois dastavval, uni yana kim bilandir kuylash biroz boshqacha bo‘ldi, ammo qiyinchiliklarga qaramasdan, biz qo‘yilgan vazifani yaxshi uddaladik, deb hisoblayman. Men tufayli, salomatligim bilan bog‘liq muammolar tufayli repetitsiyani faqat ikki marta o‘tkaza oldik, biroq Shahlo meni “qiynamadi”, biz deyarli darrov u bilan til topishib, yaxshi kuyladik.

Loyihada asosiy mezon jonli ijro ekanligidan juda xursand bo‘ldim. Men buni faqat olqishlayman va qo‘llab-quvvatlayman, o‘z guruhim bilan qo‘shiqlarni biz doim jonli ijro etamiz. Shubhasiz, ishtirokchilarning hayajonlanayotgani sezildi, ammo sahnada buni his qilmaydigan birortayam artist yo‘q, u hatto shu sohada katta tajribaga ega bo‘lsa ham hayajonlanadi.

zor2_19_04_2013_1

Konsert zalining jihozlanishi juda yoqdi, u “a’lo” bahoga bajarilgan. Ayniqsa ekranlardan iborat orqa fon hayratda qoldirdi. Ishtirokchilarning har bir chiqishi paytida u ijro etilayotgan qo‘shiqlarning mavzusiga qarab o‘zgarib turdi. Umuman olganda, Zo‘r-Zo‘r STAR menda katta taassurot qoldirdi. Menga mutlaqo hammasi yoqdi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq