Bahorning ketma-ket kelayotgan yangiliklari

Bu galgi bahor mavsumida Ucell ko‘plab xizmat, tarif va aksiyalarni taklif etmoqda.

2013-yilning 31-mayigacha ulangan abonentlar uchun noyob imkoniyat beriladi, qarindoshlar va yaqinlar uchun qo‘ng‘iroqlar, SMS va MMS xabarlari ikki barobar arzonlashdi, atiga yarim sent. Buning uchun Ucellning «Oddiy» tarifiga ulangan uchta telefon raqamidan iborat «Uchtasi bittada» paketini xarid qilish zarur bo‘ladi. Ushbu aksiyaga bahorda ulanganlar yilning oxiri, ya’ni 2013-yil oxirigacha mazkur afzalliklardan foydalana oladilar.

Yangi «Ikki karra bonus» aksiyasi aynan bir to‘lov uchun ikki barobar ko‘proq so‘zlashish imkonini beradi. Aksiya shartiga ko‘ra, har bir abonent uchun o‘tgan oy xizmatlarining xarajatlariga qarab, maxsus bonus shakllanadi. Aksiyaga ulanish uchun *707*1# raqami va chaqiriq tugmasini terishingiz lozim. So‘ngra abonent o‘zining to‘lovidan ikki barobar ko‘p miqdorda bonus oladi Masalan, agar ulanish narxi 2$ bo‘lsa, beriladigan bonusning qiymati 4$ ga teng bo‘ladi. Bonus 7 kun davomida tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar, SMS va MMS’lar uchun amal qiladi. Abonentga qulay bo‘lishi uchun bonus avtomatik tarzda har 7 kunda taqdim etiladi. Bu o‘rinda ulanish qiymati olib tashlanadi, oldingi bonusning qoldig‘i esa nolga teng bo‘ladi. «Ikki karra bonus» aktsiyasi old to‘lov (Prepaid) tizimi abonentlari uchun 2013-yilning 15-may kunigacha amal qiladi.

Respublikaning viloyatlaridagi abonentlarni rag‘batlantirish maqsadida Ucell yana bir noyob «100 daqiqa » aksiyasini taklif qildi. Mazkur aksiyaning shartlariga ko‘ra Farg‘ona, Qashqadaryo va Surhandaryo viloyatlarining qayta ulangan va mavjud abonentlari bir hafta davomida tarmoq ichida 100 daqiqa davomida bepul so‘zlashish imkoniga ega bo‘ladilar. Bonusga ega bo‘lish uchun bir vaqtning uzida 1$ va undan ortiq to‘lovni amalga oshirishlari kifoya bo‘ladi. Aksiya 2013-yil 15-maygacha amal qiladi va undan faqat old to‘lov (Prepaid) tizimi abonentlari foydalanishlari mumkin, biroq “O‘zimiznikilar uchun” tarifi abonentlari bundan mustasno.

Shuningdek, Ucell yangi xalqaro SMS-paketlarini taqdim etdi. Abonent xalqaro SMS-paketlaridan foydalanganda uning har SMS-xabari uchun 5 barobar tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, 3 dollarlik 120ta SMS uchun bir SMS’ning qiymati bor-yo‘g‘i 2,5 sentga teng bo‘ladi. Xalqaro SMS-paketlarini xarid qilish uchun *789# raqamini terib, chaqiriq tugmasini bosish kerak. SMS paketlari faqat old to‘lov (Prepaid) tizimi abonentlari foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari, Ucell kunlik Internet-paketlarining xaridi uchun va yangi ulangan abonentlarga to‘liq uch oy davomida qator ommaviylashgan “Raqamni anti-aniqlash”, «Mening balansim» va «Limitsiz odnoklassniklar» kabi xizmatlardan foydalanishga yangi shartlar yaratdi.

«Ucellning yangi takliflari abonentlarga yuqori shinamlikda do‘stlari va yaqinlari bilan qulay tariflar asosida uyali aloqa xarajatlarini oshirmagan holda so‘zlashish imkoniyatini beradi. Biz bundan keyin ham o‘z abonentlarimizni qiziqarli tarif va aktsiyalar bilan xursand qilamiz, — deb izohladi Ucellning Marketing Departamenti Direktori Hikmatulla Nasritdinxo‘jayev.

Quyidagi saytda mazkur shartlar va boshqa aktsiyalar bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: http://ucell.uz/ru/news/.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system