Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri Andijonda bo‘lib o‘tdi!
18.04.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
17-aprel kuni Andijon olimpiya zahiralari sport kollejida navbatdagi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri o‘tkazildi.
FIFA 2013 o‘yinlari turnirida 24 nafar geymer ishtirok etdi. Geymerlarning asosiy qismi Sport kolleji talabalari edi.
Ishqibozlar uchun musobaqa matchlarini tomosha qilishga katta televizor namoyishi tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Bosh homiysidir.
Mintaqaviy turnir 29-martdan 18-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tadi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.
Mintaqaviy saralash turniri musobaqalari natijasiga 27-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalda va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashadigan ishtirokchilar aniqlanadi.
Andijon musobaqalari natijasiga muvofiq, birinchi o‘rinni – Andijon olimpiya zahiralari sport kolleji 9-sinf o‘quvchisi, Grek-rim kurashi yo‘nalishida Yusupov Qudratullo egalladi.
Ikkinchi o‘rinni – Andijon ta’mirlash ustaxonasi mutaxassisi Mirzaliyev Nodirbek egalladi.
Uchinchi o‘rinni – Andijon olimpiya zahiralari sport kolleji 9-sinf o‘quvchisi, Atabayev Xikmatullo egalladi.
Andijon viloyati chempionlari va sovrindorlariga «Bilayn» kompaniyasidan — telefon va 3G modemlari taqdim etildi.
Sovrinlarni Unitel kompaniyasi Sharqiy mintaqaviy filiali operatsiyalari bo‘yicha Andijon shahri mintaqaviy direktor o‘rinbosari Nodirbek Qodirov topshirdi.
Unitel kompaniyasi Sharqiy mintaqaviy filiali direktori Unitel Sanjarbek Iminov shunday dedi: «Andijondа e-sporti bo‘yicha allaqachon an’analar mavjud, o‘tgan yili аynan Andijongeymerlari mintaqaviy saralash bosqichida g‘alaba qozonib, Farg‘ona vodiysi o‘yinchilari orasida UCG mintaqaviy finaliga yo‘llanma olgandi. Ishonamanki, mazkur mavsumda ham mintaqaviy, ham Toshkentdagi musobaqalarda, munosib tarzda ishtirok etadilar».
Andijon olimpiya zahiralari sport kolleji «Kamolot» YOIH bo‘limi rahbari Azamqulov Xurshid shunday dedi: «Virtual futbol chempionatini bizning talabalarimiz o‘tkazganlaridan juda baxtiyormiz. Talabalarimiz birinchi va uchinchi o‘rinni egallaganlaridan xursandchiligimiz yanada kuchaydi».
Saralash turniri yakunlanganidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining chempioni O‘zbekistonning haqiqiy chempioni, WCG 2012 jahon chempionatining finali ishtirokchisi Kirill Tulyaganov o‘rtasida chempionlar o‘rtoqlik musobaqalari o‘tkazildi.
Kirill Tulyaganov galaba qozondi.
Musobaqa tashkilotchilari nomidan Andijon olimpiya zahiralari sport kolleji rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Navbatdagi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri 18-aprel kuni Farg‘ona shahrida o‘tkaziladi. Virtual futbol turnirining o‘tkazilish joyi 4-Farg‘ona musiqa kolleji etib tanlab olindi.