Nilufar Usmonova: «Zo‘r-Zo‘r STAR — katta tajriba orttirish uchun yaxshi va qimmatli maktab»
18.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Xonanda Nilufar Usmonova va tanlov ishtirokchisi Yana Baxtiyevaning tashqi tomondan nafis, ammo ichkaridan kuchli bo‘lgan dueti tomoshabinlar va hay’at a’zolarining e’tiboriga sazovor bo‘ldi.

Nilufarning o‘zi esa duet haqida ham, umuman, loyihaning o‘zi haqida ham quyidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:

zor_18_04_2013

? Bizda ilk bor respublika miqyosidagi bunday kasting o‘tkazildi. Loyiha nafaqat toshkentliklarni, balki butun mamlakatdan kelgan yigit-qizlarni to‘pladi! Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasidan olgan taassurotlarim juda ajoyib. Ishtirokchilar faqat kuylaydigan qo‘shig‘i, ovozi va sahnada qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida o‘ylashi kerak, xolos. Loyiha doirasida ularga yashash joyi, oziq-ovqati, transport, liboslar, uslubchilarning xizmatlari taqdim etildi. Barcha maishiy masalalar tashkilotchilar tomonidan juda yaxshi hal etilgan. Faqat ijod qilish kerak, xolos! Ularga qarab turib, bu yigit-qizlar shunday ajoyib imkoniyat uchun minnatdor bo‘lishlari kerak, deb o‘ylayman. Endi ularning vazifasi – umidlarni oqlash!

Ayniqsa, bu yerda hammaning professional ekani, juda yaxshi! Ular tanlov ishtirokchilarining salohiyatini yuzaga chiqarishdan manfaatdor. Yoshlardan kimdir g‘olib bo‘lmasa ham, ularning hammasi, shubhasiz, o‘zlarini butun mamlakatga ko‘rsatish, haqiqiy o‘z ishining ustalaridan o‘rganish kabi noyob imkoniyatga ega bo‘lishdi. Ishtirokchilar hozirning o‘zidayoq mashhur, odamlar ularga qiziqyapti. Zo‘r-Zo‘r STAR — katta tajriba orttirish uchun yaxshi va qimmatli maktab, deb aytishim mumkin.

zor_18_04_2013_1

Bizning Yana Baxtiyeva bilan duetimiz qiziqarli bo‘ldi. Yanaga qulay bo‘lishi uchun tonallikni pasaytirdik. Bu uning tanlovi, shuning uchun unga qulay bo‘lishi kerak edi. Men unga doimiy tarzda hammasini uddalayotganini takrorlab turdim. Uning o‘z uslubi, o‘z nutq usuli bor. Mana shu narsa uni odamlarga jalb etadi.

Loyiha katta miqyosli! Men hali bunday professional yondashuvni ko‘rmagandim. Shougacha biz ko‘p repetitsiya qildik, texnik guruh ham chiroqdan tortib, to dekoratsiyalargacha hammasini puxtalik bilan bajardi. Bizlar, ya’ni artistlar bilan, mayda detallar muhokama qilindi. Bizning fikrimiz ham inobatga olingani, albatta, xursand qildi. Meni, ayniqsa, barcha chiqishlar “Live” rejimida olib borilgani mamnun etdi.

Hozir endi, yigit-qizlar biroz taltayishganini aytishim mumkin, ammo yulduzga aylangandan keyin, ular o‘z yo‘lini, o‘z xarakterini topishadi va o‘zlarini sal vazminroq tutishadi, deb o‘ylayman. Chunki birgina ovozga ega bo‘lishning o‘zi kamlik qiladi, artist o‘zini real baholay olishi va xarakterga ega bo‘lishi kerak, bu narsalar yigit-qizlarga, avvalo, o‘zini emas, balki o‘zining tinglovchisini yaxshi ko‘ruvchi haqiqiy artist sifatida yetishib chiqishga yordam beradi. Tanlov ishtirokchilariga ichki uyg‘unlikka ega bo‘lishlarini va boshlariga yog‘ilgan mashhurlik sinovidan munosib o‘tishlarini tilab qolaman

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq