Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri Namanganda eng ko‘p ishtirokchilar soniga ega bo‘ldi!
17.04.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
16-aprel kuni Namangan muhandislik-pedagogika instituti akademik litseyida FIFA 2013 o‘yinlari turniri o‘tkazildi. Namangan Farg‘ona vodiysida 16-18 aprel kunlari navbatdagi mintaqaviy saralash turniri o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaharlar orasida birinchisi bo‘ldi.
FIFA 2013 o‘yinlari turnirida ishtirok etish uchun jami 100 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi, biroq ulardan 64 nafar geymer bellashuvda kuch sinadi. O‘tgan 10 mintaqaviy saralash turnirlari natijasida Namangan eng ommaviy turnir bo‘ldi.
Suratda: Namangan muhandislik-pedagogika instituti Akademik litseyi o‘quvchisi Malika Abdullayeva.
Bundan tashqari, ishtirokchilar orasida uch nafar qiz bor edi. Ularning barchasi ham akademik litsey o‘quvchilaridir.
Ko‘plab sonli tamoshabin va muxlislarga joy tayyorlangan bo‘lib, musobaqa matchlari katta televizor hamda ikki musobaqa proyektor orqali namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Bosh homiysidir
Turnir 29-martdan 18-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tadi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.
Mintaqaviy saralash turniri musobaqalari natijasiga 27-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalda va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashadigan ishtirokchilar aniqlanadi.
Namangan musobaqalari natijasiga muvofiq, birinchi o‘rinni – Namangan O‘smirlar Olimpiya maktabi metodisti Haliqov Bahrom egalladi.
Ikkinchi o‘rinni – Namangan shahri «Nika» kafesi boshqaruvchisi Efasov Timur egalladi.
Uchinchi o‘rinni – Namangan shahri «Do‘stlik» akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi Mo‘minov Ilhom egalladi.
Namangan viloyati chempionlari va sovrindorlariga «Bilayn» kompaniyasidan — telefon va 3G modemlari taqdim etildi.
Sovrinlarni Unitel kompaniyasi Sharqiy mintaqaviy filiali Namangan shahri operatsiyalari bo‘yicha mintaqaviy direktor o‘rinbosari Rasuljon Xolmatov topshirdi.
Unitel kompaniyasi Sharqiy mintaqaviy filiali direktori Unitel Sanjarbek Iminov shunday dedi: «Namanganda UCG chempionati birinchi bor o‘tkazildi, biz mazkur ajoyib shaharda Beeline va Zo‘r-Zo‘r bilan birgalikda e-sporti o‘tkazilayotganidan juda xursandmiz. Tadbirlarning o‘tkazilish darajasi yoshlarimizda mazkur musobaqalarga alohida e’tibor bilan qarashlariga sabab bo‘ldi: turnirda ishtirok etish uchun 60 nafardan ortiq geymerlar ariza berdilar, hozircha bu Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 uchun rekord ko‘rsatkichdir. Shinisi qiziqki: namanganlik ishtirokchilar orasida uch nafar qiz ro‘yxatdan o‘tdi, bu ham joriy o‘yinlar mavsumida e’tiborli hodisadir».
Saralash turniri yakunlanganidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining chempioni O‘zbekistonning haqiqiy chempioni, WCG 2012 jahon chempionatining finali ishtirokchisi Kirill Tulyaganov o‘rtasida chempionlar o‘rtoqlik musobaqalari o‘tkazildi.
Haliqov Bahxrom 1:0 hisobida galaba qozondi.
Musobaqa tashkilotchilari nomidan Namangan muhandislik-pedagogika instituti Akademik litseyi rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Navbatdagi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri 17-aprel kuni Andijon olimpiya zahiralari sport kollejida otkaziladi.