Shahzoda: «Zo‘r-Zo‘r Star loyihasi ideal tarzda o‘ylangan!»

Loyiha kastingida saralash komissiyasining a’zosi sifatida qatnashgan nozik va nafosatli xonanda Shahzoda ham voqealardan chet qolgani yo‘q, endi u ijodiy jarayonga ishtiyoq bilan kirishib ketdi. Uning uchinchi Zo‘r-Zo‘r Star-konsertdagi Asqar Jalilov bilan kuylagan dueti hammaning esida qolganiga shubhamiz yo‘q. Ushbu chiqish qanday yaratilgani va ishtirokchilar qanday taassurot qoldirgani haqida Shahzodaning o‘zi hikoya qilib berdi.

shax_17_04_2013

— Loyihani anchadan buyon ichidan kuzatib kelyapman, yigit-qizlar ham meni dastlabki kundanoq hayratda qoldirishyapti. Ular baxtli avlod vakillari, chunki ularga o‘z iste’dodini namoyon etish kabi imkoniyat berildi. Bu iste’dodli yoshlarni “Beeline” va “Fund Forum” juda yaxshi qo‘llab-quvvatlamoqda. Ishtirokchilar uchun bu darrov mashhur bo‘lish tomonga bo‘lmasayam, unga erishish ustida ishlash tomonga qaratilgan birinchi qadam. Ular bu hali boshlanishi ekanini anglab yetishlari kerak.

Biz Asqar Jalilov bilan “Qo‘llar tepaga” qo‘shig‘ini kuyladik. Kompozitsiyaning o‘zi raqsbop, Asqar bo‘lsa uni yanada “o‘yinbop” qildi. Asqar — roker, buning ustiga ovozlarimiz tembri ham turlicha. Ammo, menimcha, natija juda zo‘r chiqdi. Biz tez do‘stlashib oldik. Umuman olganda, u juda dilkash, o‘ziga ishongan yigit ekan, u bilan sahnada kuylash men uchun ancha qulay bo‘ldi. Yigit-qizlarning bunday loyihaga tushgani omad, deb hisoblayman. Bu yerda hammasi ideal tarzda o‘ylangan, artist uchun, o‘z iste’dodining qirralarini rivojlantirish va ochish uchun hamma sharoit yaratilgan.

shax_17_04_2013_1

To‘g‘risini aytsam, meni kastingga saralash komissiyasining a’zosi sifatida taklif qilishganida, shuncha vaqtni hakamlikka sarflash juda qiyin bo‘ladi, deb o‘ylagandim, biroq bu yerda bir sutka bo‘lib, vaqt qanday o‘tib ketganini bilmay qolganimni sezib hayron qoldim. Bu yerdagi muhit meni haqiqatan ham qamrab oldi, juda qiziqarli bo‘ldi. Men bu yerga yana va yana kelib, ushbu ajoyib loyihada qatnashgan bo‘lardim!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system