Lola: «Zo‘r-Zo‘r STAR da iste’dodni namoyon etish uchun barcha sharoitlar taqdim etilgan»

Sahnaga bejirim qora libosda chiqqan o‘zbek estradasining taniqli xonandasi Lola Roman Vetrov bilan ajoyib shaxmat partiyasini tashkil etdi. Hay’at a’zolarining tahsiniga sazovor bo‘lgan hamda uchinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertning eng yorqin chiqishlaridan biriga aylangan ushbu sahna qanday tug‘ilgani haqida xonanda bizga batafsil so‘zlab berdi.

lola_17_04_2013

— Loyiha meni yaxshi tomondan hayron qoldirdi, desam adashmayman. Ayniqsa, uning yuqori darajada tashkil etilgani kishini quvontirdi. O‘zbek shou-biznesida bu borada qatta qadam tashlangani yaqqol ko‘rindi. Biz o‘z faoliyatimizni boshlaganimizda o‘zimizni ko‘rsatish uchun bunday imkoniyat yo‘q edi. Bu yigit-qizlarda esa u bor. Yoshlar uchun bu yaxshi rag‘bat, deb hisoblayman. Bunday ko‘mak har qanday kishiga loyihaga kelib o‘zining iste’dodini namoyish etish imkonini beradi. Keyin esa unga professionallar ko‘maklashadi.

Men hamma ishtirokchilar bilan tanishdim. Iste’dodli va yoqimli yigit-qizlar ekan. Romanni esa loyihaning “quyoshi” desam ham bo‘ladi. U juda ijobiy fikrlovchi, mehribon va odobli yigit. U bilan ishlash kishiga faqat huzur bag‘ishlaydi. Roman loyihaga katta qiziqish bildiryapti, hammasini diqqat bilan tinglaydi, berilgan ma’lumotlarni darrov o‘zlashtirib oladi, u haqiqatan ham harakat qilyapti. Yigit-qizlar bir-birlariga juda xayrixohligini alohida qayd etmoqchiman. Repetitsiyalar paytida ular Romani qo‘llab-quvvatlab turishdi, maslahatlar berishdi. Artistni o‘z faoliyatida muqarrar kutib turadigan qiyinchiliklarga qaramasdan, Roman vazifasini juda yaxshi uddaladi. U akademik vokalga ega, ko‘proq operaga tortadi. Uning ijrosi tufayli qo‘shiq yangi hayotga ega bo‘ldi, original talqinda yangradi. Roman, Tohir Sodiqovga o‘xshashga intilmasdan, o‘z uslubida kuyladi. Mutlaqo boshqacha vokal qo‘shiqqa o‘ziga xoslik bag‘ishladi.

lola_17_04_2013_1

Loyihaga taklif etilgan insonlar o‘z ishining ustalari bo‘lib, chiqishlarni tayyorlashda, qo‘shiqlarni tanlashda ular nafaqat tanlov ishtirokchilariga, balki bizlarga, artistlarga ham yordam berishyapti. Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasida iste’dodni namoyon etish uchun barcha sharoitlar taqdim etilgan. Bu ajoyib! Loyihaga rivoj va u uzoq yillar davom etishini tilayman. Aynan shu loyiha tufayli shou-biznesimiz osmonida hali ko‘plab yorqin yulduzlar yonishiga ishonchim komil.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system