Nasiba Abdullayeva hay’at a’zolarining o‘ziga xos yagona qarori haqida
16.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Uchinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsert teletomoshabinlarga taniqli xonandalar va o‘z faoliyatini endi boshlagan ijrochilardan iborat 11 ta betakror “duet”ni taqdim etdi. O‘zbek estradasi yulduzlaridan tashqari teletomoshabinlarni yana bir sovg‘a – hay’at a’zolarining ishtirokchilardan birini “qutqarib qolishi” haqidagi kutilmagan qarori kutib turardi. Ushbu qarorga qanday kelingani va tanlovdan kutayotgan umidlari haqida bizga voqealar markazida bo‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva so‘zlab berdi.

? Bu yerda ekanligimdan juda mamnunman, bugun sevimli qo‘shiqlarimni tinglashga muvaffaq bo‘ldim. Duetlar katta taassurot qoldirdi, ular juda mos tushibdi. Ko‘pchilik Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi tufayli artistlarning o‘zini tutishi, tashqi ko‘rinishi va sahnadagi hissiyotlarining eng yaxshi namunasi sifatida Zo‘r-Zo‘r STAR mahsuloti bo‘lib qolishga munosib bir nechta chiroyli estrada nomerlari tug‘ilganini qayd etmoqda.

zor_16_04_2013

Yana bir hayron qoldirgan tomoni, kasting davomida menga shubhasiz lider bo‘lib ko‘ringan ba’zi bir ishtirokchilar bugun yaxshi ijroni ko‘rsatolmadi. Ammo men kutmagan yigit-qizlar, bu safargi konsertda meni hayratda qoldirishdi. Bundan mamnunman, albatta. Bundan buyon ham ularni kuzatib boraman!

zor_16_04_2013_1

Hammamiz ko‘rganimizday, konsert yakunida qattiq kurash ketdi, ammo biz, hay’at a’zolari, yaxshi, umidli ijrochimiz loyihadan birinchi bo‘lib chiqib ketmasligi uchun zimmamizga shunday irodali qarorni olib, o‘z fikrimizni o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Hay’at a’zolari bir ovozdan uni loyihada olib qolishga kelishdi. Akbar bizning umidlarimizni oqlashiga va bu imkoniyat unga qanday berilganini, bu nimani anglatishini va endi unga qay darajada jiddiy qarash kerakligini anglab yetishiga umid qilaman. Endi hay’at a’zolarida boshqa bunday huquq bo‘lmaydi. Bu birinchi va oxirgi marta bo‘ldi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq