Beeline Club hamkorlik tarmog‘idagi kompaniyalar soni 200 dan oshdi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 200 dan ortiq ishtirokchiga ega Beeline Club hamkorlik tarmog‘ining kengaytirilganligi haqida xabar beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Har haftada Beeline Club hamkorlarining soni o‘sib bormoqda va bu bizni cheksiz quvontirmoqda. Chunki bonusli dastur doirasida hamkorlik qilish ham kompaniyaning o‘zlari, ham butun O‘zbekiston bo‘ylab yuzlab makonlarda chegirma hamda imtiyozlar oluvchi klub kartalari egalari uchun foydalidir”.

beeline_16_04_2013

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# ga bepul so‘rov jo‘natib, Beeline Clubga ulanishi, sovg‘a tariqasida birinchi 20 bonus ballarni olishi mumkin. Keyingi ballar “Bilayn” xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun qo‘shilib boriladi: ro‘yxatdan o‘tgan dastur ishtirokchilari endilikda telefonda muloqot qilar ekanlar, nafaqat pul sarflaydilar, balki bonuslarni ham ishlaydilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system