17 aprelda Andijonda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionatining hududiy bosqichi o‘tkaziladi

17 aprelda Andijon olimpiya zaxiralari sport kollejida Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 O‘zbekiston chempionatining Andijon hududiy saralash turniri bo‘lib o‘tadi. Turnir soat 9-30 da boshlanadi.

9-30 da boshlanadi.
Hududiy bosqich g‘olibi 27 aprelda Toshkentda o‘tkaziladigan milliy finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Milliy final g‘olibi Incheon 2013 AIMAG yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo O‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo O‘yinlari va AIMAG 2013 Sharq yakkakurashi o‘yinlari 2013 yil 29 iyundan 6 iyulga qadar Inchon shahrida (Janubiy Koreya) Osiyo Olimpiya Kengashi va O‘zbekiston Olimpiya Qo‘mitasi homiyligi ostida o‘tkaziladi.

Chempionatda istalgan yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Chempionatda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun editor@infocom.uz manziliga familiya, ism, uy manzili va telefon ko‘rsatilgan arizani jo‘natish lozim.

Orphus system