Zo‘r-Zo‘r STAR: uchinchi konsert

«Yulduzli osmon, yulduzli sahna», — tanlov madhiyasidan olingan aynan mana shu so‘zlar 13-aprel kuni soat 20.00 da bo‘lib o‘tgan uchinchi Zo‘r-Zo‘r STAR hisobot konsertini juda yaxshi ta’riflaydi. Bugun sahnaga 11 nafar ishtirokchi bilan birga o‘zbek estradasi yulduzlari ham chiqdi. Ular bir hafta davomida Zo‘r-Zo‘r STAR studiyasiga kelib, loyiha ishtirokchilari bilan birga duetlarni repetitsiya qilishdi.

zorc_15_04_2013

zorc_15_04_2013_1

Yulduzli “duetlar”ning chiqishlarini baholash uchun an’anaga ko‘ra O‘zbekiston madaniyati va san’atining taniqli arboblari taklif etildi:

zorc_15_04_2013_2

zorc_15_04_2013_3

Nasiba Abdullayeva — O‘zbekiston xalq artisti;
Rustam Hamroqulov — vokal bo‘yicha pedagog;
Hosila Rahimova — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist;
Adiz Rajabov — o‘zbek kinematografiyasining taniqli aktyori;
Jahongir Poziljonov — o‘zbek estradasining taniqli xonandasi, “Bojalar” guruhining ishtirokchisi.

zorc_15_04_2013_4

zorc_15_04_2013_5

Uchinchi hisobot konsertining avvalida SMS-ovoz berish natijalari e’lon qilindi. Nomzodi “chiqib ketish”ga qo‘yilgan uch nafar ishtirokchi xavotir aralash hayajon bilan sahnaga chiqdi. Birinchi o‘rinni 17 219 ta ovozni olishga muvaffaq bo‘lgan Feruza Jumayeva egalladi. 16 261 ta ovozga ega bo‘lgan Vasilina Daniyarova esa ikkinchi o‘rinni oldi. Akbar Tolipov 15 649 ta ovoz bilan uchinchi o‘ringa tushib qoldi.

zorc_15_04_2013_6

zorc_15_04_2013_7

Loyihani tark etishdan oldin Akbar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomag‘rupov bilan birga duet kuylashi kerak edi. Konsert ularning yorqin va ifodali chiqishi bilan boshlandi. Ovoz berish jarayoni kishini ranjitadigan xotima bilan yakunlanganiga qaramasdan, Akbar haqiqiy artistlar kabi o‘z hissiyotlarini jilovlab olib, duetda “qoyilmaqom” ijro etdi!

zorc_15_04_2013_8

zorc_15_04_2013_9

Kechaning konsert dasturini Vasilina Daniyarova “Benom” guruhi bilan davom ettirdi. Undan keyin SMS-ovoz berish jarayonining yetakchisi Feruza Jumayeva va “Sahro” guruhi ijrosidagi qo‘shiq yangradi.

zorc_15_04_2013_10

zorc_15_04_2013_11

Qolgan ishtirokchilar va o‘zbek estradasi artistlarining chiqishlari quyidagi tartibda bo‘ldi:

Nurali Shukurullayev va Zulayho Boyxonova;
Madina Rashidova va Ulug‘bek Rahmatullaev;
Asqar Jalilov va Shahzoda;
Yana Baxtiyeva va Nilufar Usmonova;
Roman Vetrov va Lola;
Ulug‘bek Holiqov va Ziyoda;
Rasul Tursunqulov va Rayhon;
Shahlo Ahmedova va Baxtiyor Rahmonov.

zorc_15_04_2013_12

zorc_15_04_2013_13

Har bir duet o‘ziga yarasha qiziqarli va original bo‘ldi. Aytish joizki, chiqishlarni sahnalashtirishda ishtirokchilarning o‘zlari ham, ularning “yulduz” sheriklari ham, tashkilotchilar ham qatnashdi. Shunga qaramasdan, hay’at a’zolari faqat Rasul Tursunqulov va Rayhon duetiga ovoz berishda yakdil bo‘lib, o‘n balldan qo‘yishdi. Ushbu hafta yakunlari bo‘yicha Rasul o‘zini nafaqat konsert doirasida a’lo darajada ko‘rsata oldi. Eslatib o‘tamiz, loyiha qoidalariga ko‘ra, o‘z sa’y-harakatlari uchun eng ko‘p ball olgan ishtirokchi rag‘batlantiriladi. Bu rag‘bat nimada ifodalanishini biz bugungi konsertda bilib oldik. O’tgan hafta yakunlari bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritgan Roman Vetrov o‘zi uchun yozilgan qo‘shiqni ijro etdi. Endi hafta yakunlari bo‘yicha birinchilikni olishga muvaffaq bo‘lgan har bir ishtirokchi shu tarzda rag‘batlantiriladi! Ishtirokchilar uchun ajoyib rag‘bat, to‘g‘rimi? Kurashishga arziydigan mukofot!

zorc_15_04_2013_14

zorc_15_04_2013_15

Bu qanchalik qayg‘uli bo‘lmasin, ammo endi har bir konsert tanlovdan “chiqib ketish”ga da’vogarlarni e’lon qilish bilan yakunlanadi. Bugungi konsert ham bundan mustasno bo‘lmadi. Bu safar quyidagi ishtirokchilar “chiqib ketishga” da’vogarlar safidan o‘rin oldi:

Vasilina Daniyarova;
Madina Rashidova;
Feruza Jumayeva.

zorc_15_04_2013_16

zorc_15_04_2013_17

Loyiha hay’atining kutilmagan qarori konsertning eng kulminatsion va hayajonli daqiqasiga aylandi. Ushbu qarorni tomoshabinlar zali ham gulduros qarsaklar bilan kutib oldi. Tanlov ishtirokchilarining o‘zlari ham bu yangilikni samimiy xursandlik bilan qabul qildi, chunki hay’at a’zolari Akbar Tolipovga yana bir imkoniyatni taqdim etib, uni loyihada qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Voqealarning bunday rivojini hech kim kutmagandi. Akbarning “oxirgi” chiqishi hech kimni befarq qoldirmadi!

Sal keyinroq hay’at a’zolari tanlov qoidalarida chiqib ketgan ishtirokchini qoldirish huquqi ko‘zda tutilmaganini aytishdi. Ammo u, albatta, bo‘lishi kerak edi va bu yagona imkoniyatdan endi FOYDALANIB BO’LINDI! Bu har bir konsertdan keyin loyihada bitta ishtirokchi kamayishini bildiradi. Endi ishtirokchilarning taqdiri faqat sizning qo‘llaringizda!

Agar Vasilinani “qutqarmoqchi” bo‘lsangiz, 4 kodi yozilgan xabarni 7777 qisqa raqamiga yuboring.
Madinani qo‘llab-quvvatlamoqchimisiz? Unda 7 kodi yozilgan xabarni 7777 qisqa raqamiga jo‘nating.
Loyihada Feruza qolishi kerakligiga ishonchingiz bo‘lsa, 5 kodi yozilgan xabarni 7777 qisqa raqamiga yuboring.

SMS-ovoz berish natijalari keyingi Zo’r-Zo’r STAR-konsertda e’lon qilinadi. Uni 20-aprel kelasi shanba kuni soat 20:00 da ko‘rishimiz mumkin.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system