Rayhon: «Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasining ishtirokchilari – bizning kelajagimiz»

Uchinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertda Rasul Tursunqulov bilan duet kuylagan maftunkor xonanda Rayhon, shubhasiz, o‘zining energetikasi bilan Rasulga hafta yetakchisi nomini olishga yordam berdi. Ishtirokchi ilk bor hay’at a’zolarining eng yuqori bahosi – 150 ballni oldi. O‘zining tanlov ishtirokchisi bilan birga Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertga ko‘rgan tayyorgarligi va undagi ishtirokidan olgan taassurotlarini Rayhon bajonidil bizga gapirib berdi.

zor_15_04_2013

– Kamtarliksiz shuni aytishim mumkinki, bizning chiqishimiz juda yorqin taassurot qoldirdi. Rasul vazifasini qoyilmaqom qilib uddaladi, biz ijro etgan qo‘shiq erkaklar kuylashini ko‘zda tutmaganiga qaramasdan, u “samuray” obrazni ajoyib tarzda yarata oldi. Buning ustiga tembrlarimiz ham mos tushdi. Rasul o‘z uslubida ishlashga o‘rgangan bo‘lib, hozir u “qayta tug‘ilganday” bo‘lsa ham, nazarimda, u buni uddaladi. Umuman olganda, u juda o‘ziga xos kelajagi katta ijrochi deb hisoblayman.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasiga qoyil qolmasdan iloj yo‘q, o‘zim ham unga qiziqib qoldim! Bir marta repetitsiyaga kelib, bu yerga yana va yana qaytishni istadim! Nafaqat o‘z chiqishim ustida ishlash, balki boshqa artistlar va ishtirokchilarni kuzatish ham yoqimli bo‘ldi. Aynan shuning uchun doim repetitsiyalarga kelib turdim, hamma tadbirlarda qatnashdim. Shuncha ijodkor kishi bir yerga to‘plansa, o‘zgacha bir energetika paydo bo‘ladi. Bu muhit menga “quvvat” bag‘ishlayapti, desam yanglishmayman. Bunga befarq qolishning iloji yo‘q!

Loyihaning hamma ishtirokchilari hayratda qoldiryapti. Ular juda yorqin, qiziqarli, iste’dodli! Ular ko‘pchilikni, shu jumladan meni ham ortda qoldiradi, deb o‘ylayman. Menimcha, ular bizning kelajagimiz, tez orada bu yigit-qizlar o‘zbek shou-biznesida munosib o‘rin egallashi, shubhasiz.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Orphus system