“Bilayn” Farg‘ona viloyatida yangi asosiy stansiyalarni o‘rnatmoqda
15.04.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Farg‘ona viloyatida tarmoq sig‘imi hamda qamrov zonasi kengaytirilganligi haqida xabar beradi.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Hududiy rivoljlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov quyidagilarni qayd qildi: “Farg‘ona viloyati – abonentlar soni bo‘yicha “Bilayn”ning O‘zbekistondagi flagmanlaridan biri sanaladi, shuning uchun Sharqiy filial hududida tarmoqlarni qurish hamda modernizatsiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratamiz. Joriy yilda ham Vodiy, ham butun mamlakat bo‘ylab tarmoqni navbatdagi keng ko‘lamli kengaytirish rejalashtirilgan”.
Yangi asosiy stansiyalar Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida, shuningdek Rishton tumanida o‘rnatilgan.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi