24 aprelda Toshkentda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionatining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi
15.04.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

24 aprel kuni Sharq Space ko‘ngilochar markazida Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 O‘zbekiston chempionatining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.

ucg_13_04_2013_1

Turnir 24 aprelda soat 9-00 dan quyidagi manzilda o‘tkaziladi: Toshkent, Matbuotchilar ko‘chasi, 9 uy.

Sharq Space ko‘ngilochar markazi “Poytaxt” Savdo-ko‘ngilochar markazining 3-4 bloki, 3-qavatida joylashgan. Mo‘ljallar: “saylgoh”, Amir Temur hiyoboni, O‘zbekiston Rus Akademik-Drama Teatri, sobiq Mirstore supermarketi, “Mustaqillik Maydoni” va “Amir Temur Hiyoboni” metro bekatlari.

Toshkent hududiy bosqichining g‘oliblari (birinchi 4 ta o‘rin) 27 aprelda Toshkentda o‘tkaziladigan milliy finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Milliy final g‘olibi Incheon 2013 AIMAG yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo O‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo O‘yinlari va AIMAG 2013 Sharq yakkakurashi o‘yinlari 2013 yil 29 iyundan 6 iyulga qadar Inchon shahrida (Janubiy Koreya) Osiyo Olimpiya Kengashi va O‘zbekiston Olimpiya Qo‘mitasi homiyligi ostida o‘tkaziladi.

Chempionatda istalgan yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Chempionatda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun editor@infocom.uz manziliga familiya, ism, uy manzili va telefon ko‘rsatilgan arizani jo‘natish lozim.

Chempionat tashkiliy qo‘mitasi Sharq Telekom kompaniyasiga Toshkent hududiy saralash turnirini o‘tkazish uchun Sharq Space ko‘ngilochar markazinining o‘yin zonasini bepul taqdim etganiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq