16 aprelda Namanganda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionatining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi

ucg_13_04_2013

Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 O‘zbekiston chempioantining hududiy saralash bosqichlari davom etmoqda. 29 martdan 12 aprelga qadar Guliston, Jizzax, Navoiy, Urganch, Nukus, Buxoro, Termiz, Qarshi va Samarqandda hududiy bosqichlar o‘tkazildi. 16-18 aprelda Farg‘ona vodiysi – Namangan, Andijon va Farg‘onada hududiy turnirlar o‘tkaziladi.

16 aprelda Namangan muhandislik-pedagogika instituti huzuridagi Akademik liseyda FIFA 2013 o‘yini bo‘yicha turnir o‘tkaziladi. Manzil Adres: Namangan, Do‘stlik prospekti, 12. Mo‘ljal: Namangan muhandislik-pedagogika instituti (sobiq “Politex”). Matchlar soat 9-30 da boshlanadi.

Chempionatda O‘zbekistonning istalgan fuqarosi ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchining yoshi chegaralanmagan. Chempionatda ishtirok etish bepul.

Eslatib o‘tamiz, Yagona aloqa operatori “Bilayn” O‘zbekiston Respublikasi Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi ko‘magida “Kelagak ovozi” Yosh tashabbuskorlar markazi va InfoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkillashtirilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Bosh homiysi bo‘lgan.

29 martdan 18 aprelga qadar “Biz — yagona jamoa, biz – yagona oila!” yoshlar aksiyasi doirasida chempionatning hududiy saralash bosqichlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, ular Incheon 2013 AIMAG yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo O‘yinlarining saralash bosqichi hisoblanadi.

Hududiy saralash bosqichlari yakunlari bo‘yicha milliy final ishtirokchilari aniqlanadi, ular 27 aprel kuni Toshkentda Osiyo o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun kurashadilar.

Orphus system