Ucell o‘z abonentlariga onlayn yordamini taqdim etadi
12.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Ucell mobil aloqa operatori o‘z abonentlariga onlayn qo‘llab-quvvatlash tizimini taqdim etadi. Endilikda Ucell abonentlari yagona portal orqali o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Portal bir oynada joylashtirish mumkin bo‘lgan bo‘limlardan iborat. Birinchi bo‘lim – bu «abonent profili»dir. Ushbu bo‘lim tariflar, ulanish sanasi, ulangan xizmatlarning ro‘yxati, shuningdek, abonent hisobining balansi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

ucell_12_04_2013

Keyingi bo‘lim «Ma’lumotlar bazasi» deb nomlangan. Unda ko‘proq beriladigan savollarga javoblar keltiriladi. Mazkur bo‘lim abonentga turli vaziyatlarning yechimini topishga yordam beradi. Unda to‘lov usullaridan tortib, to yo‘qolgan apparat, SIM-kartani rasmiylashtirishgacha bo‘lgan vaziyat yechimlari ko‘rsatilgan. Nihoyat, yana bir bo‘lim “Savollar” yoki «Online Call Center» — onlayn tarzida kompaniya operatoriga savol berishga va juda qisqa vaqtda to‘liq javob olishga mo‘ljallangan.

Mazkur xizmatdan old to‘lov xizmati tizimi (Prepaid)ning barcha abonentlari foydalanishlari mumkin. «Onlayn yordam» xizmatining manzili: online.ucell.uz.

«Ma’lumotlar bazasi» resursidan bepul foydalaniladi. Kompaniya operatoriga berilgan rasmiy talabnomaning samarali ishlanmasi $0,15 ni tashkil qiladi. «Online Call Center» haftaning yetti kunida soat 8:00 dan to 18:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

Ucell Korporativ aloqalari bo‘limi boshlig‘i Davron Azizov: «Biz doimo abonentlarimiz haqida qayg‘uramiz va ularga Ucell xizmatlarini ko‘rsatishda yangidan-yangi qulayliklarni taqdim etishga tayyormiz,.- deb yangi ma’lumotlar portali haqida izoh berdi,– Biz Ucellning turli darajadagi mutaxasislaridan tortib to rahbarlarigacha abonentlarimiz o‘z muammolarini to‘liq va to‘g‘ri hal qilishlari uchun uchun yordam va maslahatlar berishga tayyormiz».

Portalning bosh maqsadi, abonentlarning Ucell xizmatlarini taqdim etishiga oid savollariga javob olishlarida ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirishdan iborat.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq