Samarqand Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 estafetasini qabul qildi!
12.04.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_12_04_2013

12-aprel kuni Samarqand shahri «Dinamo» stadioni ma’muriy binosida esporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 hisob bo‘yicha to‘qqizinchi mintaqaviy saralash turniri o‘tkazildi.

ucg_12_04_2013_1

FIFA2013 turnirda ishtirok etish uchun jami 45 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi.

ucg_12_04_2013_2

Ishtirokchilarning yarmini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali talabalari tashkil etdi.

ucg_12_04_2013_3

Musobaqalardan ruhlangan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali magistranti, Azim Rahmanov shunday dedi: «FIFA o‘yinlari bizning Samarqandda o‘tkazilganligidan juda xursandman. Bu mening eng sevimli kompyuter o‘yinim.O‘qishdan bo‘sh vaqtimda shu o‘yinni o‘ynayman, kompyuter o‘yini nafaqat kompyuter savodxonligini o‘zlashtirish, balkiijodiy tafakkurni rivojlantirishga ham yordam beradii deb o‘ylayman».

ucg_12_04_2013_4

«Men birinchi marotaba FIFA o‘yinlari bo‘yicha rasmiy chempionatda ishtirok etmoqdaman. Aslida, boshqa rag‘batlantiruvchi futbol – PES’da ishtirok etaman, biroq FIFA2013 o‘yinlaridan juda xursand bo‘ldim. Mutaxassisligim bo‘yicha xoreografman va Samarqand Bolalar Jamoat Fondida ishlayman, — deydi «Kelajak Ovozi» YOTM Samarqand bo‘limi faoli, Shohrux Omonov,— ishdan bo‘sh vaqtimda kompyuter o‘yinlarini o‘ynayman, ular menga nafaqat hordiq chiqarish va quvonch, balki match vaqtida do‘stlar bilan muloqot qilish imkoniyatini ham beradi. Chempionat bizning Samarqandda o‘tkazilganligi uchun katta rahmat! Biz bir jamoa, biz bir oila!»

ucg_12_04_2013_5

ucg_12_04_2013_6

Musobaqalarni kuzatish uchun ko‘plab sonli tamoshabin va muxlislarga joy tayyorlangan bo‘lib, musobaqa matchlari katta televizorda namoyish etildi.

ucg_12_04_2013_7

Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Bosh homiysidir

ucg_12_04_2013_8

Mintaqaviy yoshlar turniri 29-martdan 18-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tadi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.

Mintaqaviy saralash turniri musobaqalari natijasiga 27-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalda va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashadigan ishtirokchilar aniqlanadi.

ucg_12_04_2013_9

Samarqand shahri musobaqalari natijasiga muvofiq birinchi o‘rinni — «Kelajak Ovozi» YOTM faoli, Ziyodullo Samatov egalladi.

ucg_12_04_2013_10

Ikkinchi o‘rinni — TATU Samarqand filiali 1-kurs magistranti, Rahmanov Azim egalladi.

ucg_12_04_2013_11

Uchinchi o‘rinni – TATU Samarqand filiali, Axborot texnologiyalari fakulteti 4-kurs talabasi, Muhammadiyev Ravshan egalladi.

Samarqand viloyati chempionlari va sovrindorlariga «Bilayn» kompaniyasidan — telefon va 3G modemlari taqdim etildi.

Sovrinlarni Unitel kompaniyasining Markaziy mintaqaviy filialii ma’muriy guruhi rahbari v.b. Ulug‘bek Ahmedov topshirdi.

Tadbirni sharhlar ekan, Unitel Markaziy mintaqaviy filiali direktori Dilshod Anarmetov shunday dedi: «Samarqandda boy futbol an’analari mavjud, biroq bundan tashqari, u IT-infrastrukturasi rivojlangan O‘zbekistonning eng yirik shaharlaridan biridir. «Dinamo» stadionida kuzatib turganimiz — haqiqiy va virtual futbolning uyg‘unlashgan musobaqasi ishqiboslar sifatida hech kimni befarq qoldira olmaydi. Zo’r-Zo’r UCG FIFA 2013 Chempionati Samarqand geymerlari o‘rtasida katta qiziqishga sazovor bo‘ldi, umuman olganda, chempionat yuqori darajada tashkil etilgan».

ucg_12_04_2013_12

Saralash turniri yakunlanganidan so‘ng Samarqand viloyatining chempioni O‘zbekistonning haqiqiy chempioni, WCG 2012 jahon chempionatining finali ishtirokchisi Kirill Tulyaganov o‘rtasida chempionlar o‘rtoqlik musobaqalari o‘tkazildi.

Kirill Tulyaganov 2:1 hisobida galaba qozondi.

Navbatdagi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri 16-aprel kuni Namangan shahrida otkaziladi. Virtual futbol turnirining o‘tkazish joyi Namangan Yoshlar markazi bo‘ladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq