Qаshqadaryoda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy turniri!
11.04.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_10_04_2013

10-aprel kuni esporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 navbatdagi mintaqaviy saralash turniri Qarshi shahridagi «Nasaf» futbol stadioni mediamarkazida o‘tkazildi.

ucg_10_04_2013_1

FIFA2013 turnirda ishtirok etish uchun jami 20 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan edi.

ucg_10_04_2013_2

Ko‘plab sonli tamoshabin va muxlislarga joy tayyorlangan bo‘lib, musobaqa matchlari katta televizorda namoyish etildi.

ucg_10_04_2013_3

Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Bosh homiysidir.

ucg_10_04_2013_4

Mintaqaviy yoshlar turniri 29-martdan 18-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tadi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.

ucg_10_04_2013_5

Mintaqaviy saralash turniri musobaqalari natijasiga 27-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalda va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashadigan ishtirokchilar aniqlanadi.

ucg_10_04_2013_6

Qashqadaryo musobaqalari natijasiga muvofiq birinchi o‘rinni — Qarshi shahridagi internet-klubi menejeri Xayrullayev Jamshid egalladi.

ucg_10_04_2013_7

Ikkinchi o‘rinni — Qarshi shahri MУМ mebel do‘koni direktori Nodirov Oybek egalladi.

ucg_10_04_2013_8

Uchinchi o‘rinni – Qarshilik tadbirkor, Vahidov Bahodir egalladi.

Qashqadaryo viloyati chempionlari va sovrindorlariga «Bilayn» kompaniyasidan — telefon va 3G modemlari taqdim etildi.

Sovrinlarni Unitel kompaniyasining Janubiy mintaqaviy filialii direktori Ulug‘bek Ahmedov topshirdi.

Unitel kompaniyasining Janubiy mintaqaviy filialii direktori Ulug‘bek Ahmedov shunday deydi: «Qashqadaryo yoshlari barcha innovatsiyalarni katta tashabbuskorlik bilan qarshi oladilar. Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA Chempionati ham bundan istisni emas: biz musobaqalarda eng kuchli ishtirokchini aniqlash uchun juda qizg‘in bellashuvli o‘yinlarning guvohi bo‘ldik».

Saralash turniri yakunlanganidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining chempioni O‘zbekistonning haqiqiy chempioni, WCG 2012 jahon chempionatining finali ishtirokchisi Kirill Tulyaganov o‘rtasida chempionlar o‘rtoqlik musobaqalari o‘tkazildi.

ucg_10_04_2013_9

Kirill Tulyaganov 4:1 hisobida galaba qozondi.

Musobaqa tashkilotchilari nomidan Qarshi shahridagi «Nasaf» futbol stadioni rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Navbatdagi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri 12-aprel kuni Samarqand shahrida otkaziladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq