Jahongir Poziljonov: «Hammasi Zo‘r-Zo‘r bo‘ldi!»
10.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

zor_10_04_2013

2010-yili Zo‘r-Zo‘r yoshlar brendi yaratilganida taniqli o‘zbek aktyori va estrada xonandasi Jahongir Poziljonov uning yuziga aylanganini hamma eslasa kerak. Ikkinchi Zo‘r-Zo‘r Star hisobot konsertida aynan u hay’at a’zolaridan biri sifatida qatnashdi va o‘zining taassurotlarini biz bilan bajonidil o‘rtoqlashdi.

– Bir necha yil oldin “Beeline” kompaniyasidan Zo‘r-Zo‘r tarif rejasining reklama roligiga musiqiy kompozitsiya yozish taklifini olgandim. Reklama kampaniyasi boshlanganidan keyin “Bojalar” guruhining reytingi keskin ko‘tarilib ketdi. Bizni hamma taniy boshladi, shu qo‘shiqni ijro etishni so‘rashardi.

Endi Zo‘r-Zo‘r yoshlar brendi yosh iste’dod sohiblariga o‘z iqtidorlarini yuzaga chiqarishda yordam berayotganidan, ularga vokal mahoratlarini ko‘rsatish va hayotda o‘z o‘rnini topish imkonini berayotganidan mamnunman. Konsert dasturiga to‘xtaladigan bo‘lsak, men undan hayratdaman. Hammasi eng yuqori darajada tashkil qilingan.

Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari juda yoqdi. Ular har bir chiqishga ijodiy yondoshishga harakat qilgan. To‘g‘ri, ularning hammasiyam hayajonini jilovlab ololgani yo‘q. Yaxshi vokalga qaramasdan, bu ularning yuqori ball olishlariga xalaqit berdi. Yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchta ishtirokchi tanlovdan chiqib ketishga “nomzod” qilib ko‘rsatildi. Loyihada qolgan yigit-qizlarda keyinchalik o‘z hayajonini jilovlab olish va yuqoriroq ballarga ega bo‘lish imkoni bo‘lishiga, umid qilaman. Hamma ishtirokchilarga faqat omad tilayman!

Original “yulduzli” uslubda bajarilgan konsert zalining jihozlanishi ham katta taassurot qoldirdi. Sahna ortidagi katta ekranlar, chiroqlarning g‘aroyib yoritishi va turli effektlar ishtirokchilarning chiqishlarini yanada tomoshaboproq qilishga yordam bergan. Loyiha tashkilotchilari – «Beeline» va «Fund Forum» — jiddiy ishlagani yaqqol ko‘rinib turibdi!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq