«Bilayn»ning Sirdaryo viloyatidagi tarmog‘i ham kengaytirilmoqda
10.04.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) Sirdaryo viloyati hududida tarmoq sig‘imi va qamrov zonasi kengaytirilganligi haqida xabar beradi.

beeline_10_04_2013

«Sirdaryo viloyati poytaxt bilan birgalikda «Bilayn»ning Toshkent hududiy filiali faoliyat zonasiga kiradi va shuning uchun ham kompaniyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi, – deydi Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov. – Sirdaryoda ham GSM asosiy baza tarmog‘ini, ham 3G texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha katta rejalarimiz bor va ularni amalga oshirishni boshladik».

Qo‘shimcha uskuna o‘rnatilishi natijasida Guliston shahri va Sayhunobod shaharchasida aloqa sifati yaxshilandi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq