Surxondaryo Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 estafetasini qabul qildi!
09.04.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
8-aprel kuni esporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 navbatdagi mintaqaviy saralash turniri Termiz Davlat Universitetida o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyatida «Biz bir jamoa, biz bir oila!» yoshlar aksiyasi tashkilotchilari yetib kelgan avtobusni karnay va surnay sadolari, quvnoq raqslar, non va tuz bilan kutib oldilar.
FIFA2013 turnirda ishtirok etish uchun jami 50 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan edi.
O‘zbekistonning eng janubiy shahri – Termizga «Biz bir jamoa, biz bir oila!» avtobusi oqshom chog‘i yetib keldi.
Shunday vaqtda ham bizni karnay va surnay bilan kutib oldilar.
FIFA2013 turnirda ishtirok etish uchun jami 40 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan edi.
«Ko‘p sonli talabalar tahsil oladi, ularning barchasi axborot — kommunikatsiya texnologiyalarini qiziqib o‘rganadilar, — sharhlaydi Termiz Davlat Universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi, Mengliyev Shaydullo, — Birinchi bor ta’lim muassasamiz hayotida kompyuter o‘yinlari bo‘yicha mintaqaviy saralash turniri o‘tkazilmoqda. Kompyuter o‘yinlari orqali yoshlarimiz kompyuter sohasidagi bilimlarni yaxshiroq o‘zlashtirib oladilar. Agar o‘yinlar ta’limiy va me]yorida bo‘lsa, ayniqsa, esport o‘yinlari juda foydali deb hisoblarman».
Ko‘plab sonli tamoshabin va muxlislarga joy tayyorlangan bo‘lib, musobaqa matchlari katta televizorda namoyish etildi.
Unitelning janubiy mintaqaviy filiali direktori, Ulug‘bek Ahmadov shunday deydi: «UCG tarixida ilk bor chempionat bosqichi Termizda o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, shahrimizda esportning ajoyib an’analari mavjud. O‘tgan yillarda aynan Termiz shahri geymerlari Qarshi shahrida g‘alaba qozonib, Janubiy viloyatlar nomidan mamlakatimiz mintaqaviy finalida ishtirok etgandilar. Ishonamanki, bu yil ular munosib taqzda bellashadilar».
Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Bosh homiysidir Turnir 29-martdan 18-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tadi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.
Mintaqaviy saralash turniri musobaqalari natijasiga 27-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalda va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashadigan ishtirokchilar aniqlanadi.
Karimov Rustam, Termiz shahridagi Birinchi gimnaziya 11-sinf o‘quvchisi.
Termiz musobaqalari natijasiga muvofiq birinchi o‘rinni — Termiz shahridagi Birinchi gimnaziya 11-sinf o‘quvchisi Karimov Rustam egalladi.
Ikkinchi o‘rinni — Termizlik tadbirkor, Baymuratov Ilhom egalladi.
Uchinchi o‘rinni – Termizlik tadbirkor, Kurbonov Shuhrat egalladi.
Surxondaryo viloyati chempionlari va sovrindorlariga «Bilayn» kompaniyasidan — telefon va 3G modemlari taqdim etildi.
Sovrinlarni Unitelning Janubiy mintaqaviy filiali Termiz shahrida operatsiyalar bo‘yicha mintaqaviy filiali direktorining o‘rinbosari, Xurshidjon Ibragimov topshirdi.
Saralash turniri yakunlanganidan so‘ng Surxondaryo viloyatining chempioni O‘zbekistonning haqiqiy chempioni, WCG 2012 jahon chempionatining finali ishtirokchisi Kirill Tulyaganov o‘rtasida chempionlar o‘rtoqlik musobaqalari o‘tkazildi.
Kirill Tulyaganov 1:0 hisobida galaba qozondi.
Musobaqa tashkilotchilari nomidan Termiz Davlat Universiteti rahbariyati va o‘qituvchilariga alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Navbatdagi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri 10-aprel kuni Qarshi shahrida otkaziladi. Virtual futbol turnirini o‘tkazish uchun Markaziy «Nasaf» stadionining tanlab olindi, FIFA 2013 turniri matbuot-anjumanlari binosida o‘tkaziladi.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi