Dilnoza Kubayeva: «Sahna ortida yigit-qizlar o‘zlarini bir jamoaday tutishmoqda»

zor_9_04_2013

Loyiha ishtirokchilarining chiqishlarini sahnalashtirish ikkinchi Zo‘r-Zo‘r Star-konsertning eng ko‘p muhokama qilingan jihatlaridan biriga aylandi. Barcha chiqishlar yorqin va original bo‘ldi, ammo ularning orasida bittasi hammaning esida qolganiga shubhamiz yo‘q: ishtirokchilardan biri “Hijron” kinofilmiga yozilgan saundtrekni ijro etayotgan paytda sahnaga kartinaning bosh qahramoni, aktrisa Dilnoza Kubayeva chiqdi.

O‘zining kichkina, ammo hammaning esida qolgan roli va boshqa narsalar haqida aktrisaning o‘zi gapirib berdi.

— Ushbu chiqishni sahnalashtirishda yordam bera olganimdan juda mamnunman. Bu haqiqatan ham qiziqarli va chiroyli bo‘ldi. Ishtirokchi kuylayotgan paytda, rejissyorning rejasiga ko‘ra, ekranlarda mening ishtirokimdagi film epizodlari namoyish etildi, qo‘shiq oxirida esa sahnaga o‘zim chiqdim. Tomoshabinlar aloqani ko‘rishlari va kartina qanday qilib “jonlanayotganini” kuzatishlari mumkin edi.

Tanlovda qo‘shiqlarning jonli ijro etilayotgani juda quvontirdi, men eshitgan ovozlar o‘zining kuchi va go‘zalligi bilan meni lol qoldirdi!

Loyiha g‘oyasining o‘zi, shubhasiz, kishini qoyil qoldiradi, ammo hammasidan ham menga ishtirokchilarning o‘zlari yoqdi. Ular juda samimiy yoshlar. Yigit-qizlar bir-birini hurmat qilishi va qo‘llab-quvvatlashi ko‘zga tashlandi. Hech qanday raqobat yo‘q. Sahna ortida o‘zlarini bir jamoaday tutishyapti.

Bu chiqishni sahnalashtirishda bajonidil qatnashdim, agar yana takliflar bo‘lsa, ularga ham jonim bilan rozi bo‘laman, chunki yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kerak, deb hisoblayman. Tashkilotchilarga ham alohida tashakkur! Tanlov an’anaviyga aylansa, juda ajoyib ish bo‘lardi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system