Adiz Rajabov: « Zo‘r-Zo‘r Star — bu yosh iste’dodlar uchun tramplin»

zor1_9_04_2013

Uchta ishtirokchining loyihadan “chiqib ketish” nominatsiyasiga qo‘yilishi ikkinchi Zo‘r-Zo‘r Star-konsertning muhim tomonlaridan biriga aylandi. Hay’at a’zolari ilk bor ishtirokchilarning chiqishlarini baholadi, shu bois har bir ball juda muhim va ahamiyatli bo‘ldi.

Balki aynan shuning uchun ham hay’at tarkibiga kirgan o‘zbek kinematografiyasining taniqli aktyori Adiz Rajabovga hakamlik qilish oson bo‘lmagandir:

? Konsert menga juda yoqdi. Eng asosiysi – har bir ishtirokchining o‘z ovozi, o‘z ijro uslubi bor. ular qo‘shiqlarini ijro etayotgan artistlarga taqlid qilishmayapti, o‘ziga xos ravishda kuylashyapti. Albatta, ishtirokchilar hayajonlangani sezildi. Ularga hakamlik qilish oson bo‘lmadi, chunki hech kimni xafa qilishni istamaysan kishi. Chiqishlar individual bo‘lganini yana bir bor ta’kidlayman.

Men ishtirokchilarni diqqat bilan kuzatdim, ularning hammasi ijrolari kabi turlicha. Kimdir tomoshabinlarni “ushlab turib”, ajoyib vokalni ko‘rsatgan holda qo‘shimcha rekvizitsiz ham uddalay oldi. Kimdir esa, nazarimda, buni uddalay olmadi. Umuman olganda, konsert ajoyib bo‘ldi! Men lolman, his-tuyg‘ularimning cheki yo‘q!

Hakamlikka kelsak, u xolis bo‘ldi. Kattaroq tajribaga ega hay’at a’zolari talabchanroq baholashdi. Ballarni faol muhokama qildik. Bahsli vaziyatlar yuzaga kelganida, bir-birimiz bilan maslahatlashib, bir qarorga keldik.

Studiyaning jihozlanishiga alohida to‘xtalish kerak. Tashkilotchilar bu ishga ijodiy va professional tarzda yondashgani darrov ko‘zga tashlanadi. Bu texnik jihatdan qanday qilinganini bilmayman, ammo ko‘rinishi qoyilmaqom! Hammasi rang-barang va yorqin. Yuz berayotgan voqealarning qoq markazida bo‘lganingda, qalbingni ifodalab bo‘lmaydigan his-tuyg‘ular chulg‘ab olar ekan.

Barcha ishtirokchilarga sahnada o‘zlarini yanada erkinroq tutishlarini tilayman. Bu yaxshimi yoki yomonmi, ammo universal sir yo‘q, buni har kim o‘zi uchun vaqt o‘tishi bilan kashf qiladi. Faqat bir narsani aytishim mumkin: sahnada ham, hayotda ham eng asosiysi – ko‘zlar. Inson, ayniqsa artist, “ko‘zlari bilan gapirishi” kerak. Agar u kuylasa, his-tuyg‘ularni berish uchun birgina ovozning o‘zi kamlik qiladi. Nominantlarga esa tilagim – hafta davomida sabrli bo‘lishsin. Shunday loyihada qatnashishning o‘zi barcha ishtirokchilar uchun katta piar. Ularni butun mamlakat bilib oldi, ekranlarda – ularning chehralari. Ijodiy faoliyatda yaxshi start doim muhim ahamiyat kasb etadi. Zo‘r-Zo‘r Star — bu yosh iste’dodlar uchun tramplin. Shunday loyihada qatnashishning o‘zi g‘alaba!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system