Murod Rajabov: «Shunday iste’dodli yoshlarimiz bor!»
08.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

zorm_8_04_2013

Zo‘r-Zo‘r Star televizion musiqiy loyihasi yangi yulduzlarni yoqmoqda, ularning ijodiy kamolini kuzatish va baholab borish uchun tanlov hay’atiga o‘zining boy tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor bo‘lgan O‘zbekiston madaniyati va san’atining ko‘zga ko‘ringan arboblari taklif etilmoqda. Ikkinchi Zo‘r-Zo‘r Star-konserti hay’ati a’zolaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov tanlov haqidagi fikri va ishtirokchilarining kelajagi bilan bog‘liq prognozlarini biz bilan baham ko‘rdi.

– Aktyorlik faoliyatimda yuzlab rollarim bor, ammo ilk bor vokal tanlovi hay’atining a’zosi sifatida qatnashyapman. To‘g‘risini aytsam, bunday iste’dodlarni ko‘raman deb kutmagandim. 11 nafar ishtirokchining hammasi, nazarimda, bu loyihada qatnashish uchun bir xil munosib. Yigit-qizlarga barakalla deyishim mumkin! Ularning hammasi salmoqli vokal ko‘rsatkichlariga, artistlik mahoratiga va sahnaga bo‘lgan muhabbatga ega. Bu darrov seziladi. Albatta, ularga biroz professionalizm yetishmayapti. Biroq biz hozircha ulardan kuchli mahoratni talab qilishga haqli emasmiz, yulduz bo‘lish uchun hali ancha ishlash kerak.

Shunday iste’dodli yoshlarimiz borligidan samimiy mamnun bo‘ldim. Ular men kutgandan ham yaxshiroq bo‘lib chiqdi – hammasi yosh, istiqbolli! Ishtirokchilarga borgan sayin qiyinroq bo‘ladi, shuning uchun ular bo‘shashmasligi kerak, o‘z kuchlarini chiqishlar paytidagi hayajonlarini yengib o‘tishga jamlashlari zarur.

Aytganday, hayajonni o‘z foydasiga ishlatish bo‘yicha har bir artistning o‘z siri bo‘ladi. Hayajon qo‘shiq mavzusini ochishga yordam beradigan his-tuyg‘ularga o‘tishi zarur. “Omma orasida yolg‘izlik” tushunchasi bor. Artist kompozitsiyani oxirigacha tushunishi, undagi og‘riqni his qilishi, mavzusiga chuqurroq kirib borishi kerak. U faqat qo‘shiq haqida o‘ylashi, yaratgan obrazida sahnada u bilan birga yashashi lozim. Faqat shundagina u o‘zini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan hamma narsa haqida unutadi.

Zo‘r-Zo‘r Star – juda muhim loyiha, deb o‘ylayman. Unda shubhasiz yangi, g‘aroyib yulduzlar paydo bo‘ladi. Hozircha estradamizda bo‘lmagan artistlar, haqiqiy avangardistlar tug‘ilyapti. Men haqiqatan ham kuchli, klassik ovozlarni eshitdim. Yigit-qizlar bo‘sh kelmasliklari lozim, hech narsaga qaramasdan oxirigacha borish va optimist bo‘lib qolgan holda, ruhan cho‘kmaslik kerak. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq