Buxoro Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionatining estafetasini qabul qildi!

ucg_6_04_2013

6-aprel kuni Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri Buxoro shahri markaziy stadionining VIP-zalida otkazildi. Buxoro — chempionatning mintaqaviy saralash turniri o‘tkazilgan O‘zbekistonning oltinchi shahri bo‘ldi.

ucg_6_04_2013_1

ucg_6_04_2013_2

Turnirni o‘tkazish uchun Buxoro shahridagi katta stadionining ochiq maydoni emas, balki bino ichidagi VIP-zali tanlab olindi. Stadionda «Kelajak ovozi» YOTM faollari va mamlakatimiz estradasi yulduzlari ishtirokida kichik konsert hamda futbol-shou o‘tkazildi. Match tugagach virtual futbol turniri natijalari va FIFA 2013 Buxoro viloyati chempioni e’lon qilindi.

ucg_6_04_2013_3

«Biz bir jamoa, biz bir oila!» yoshlar aksiyasi ishtirokchilari yetib kelgan avtobusni karnay va surnay sadolari, quvnoq raqslar bilan kutib oldilar.

FIFA2013 turnirda ishtirok etish uchun jami 50 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan edi.

ucg_6_04_2013_4

6 yoshlik Nasirov Javohir eng yosh ishtirokchi bo‘ldi. U Buxoro viloyati Kagan shahridagi 14-maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, birinchi marta o‘yinda ishtirok etdi.

Ko‘plab sonli tamoshabin va muxlislarga joy tayyorlangan bo‘lib, musobaqa matchlari katta televizorda namoyish etildi.

ucg_6_04_2013_5

ucg_6_04_2013_6

Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Bosh homiysidir.

Turnir 29-martdan 18-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tadi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.

Mintaqaviy saralash turniri musobaqalari natijasiga 27-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalda va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashadigan ishtirokchilar aniqlanadi.

ucg_6_04_2013_7

Musobaqalar natijasiga muvofiq birinchi o‘rinni — Buxoro Politexnika kasb-hunar kolleji 2-kurs talabasi Rajabov Jafar egalladi. Jafarning g‘alabaga erishishining o‘zi g‘royib bo‘ldi! U gipslangan qo‘li bilan o‘ynab, g‘oliblik baxtiga muyassar bo‘ldi!

ucg_6_04_2013_8

Ikkinchi o‘rinni — Buxoro Davlat Universiteti qoshidagi 4-akademik litsey o‘quvchisi Gafurov Elbek egalladi.

ucg_6_04_2013_9

Uchinchi o‘rinni — Buxoro Shaten Clayne kompaniyasi dileri Shamsuddinov Sharif egalladi. Sharif ko‘p vaqtdan buyon mashq qiladigan, tajribali o‘yinchi.

Buxoro viloyati chempionlari va sovrindorlariga «Bilayn» kompaniyasidan — telefon va 3G modemlari taqdim etildi.

Sovrinlarni Unitelning Janubiy-G‘arbiy mintaqaviy filiali direktor, G‘ulom Ortiqov topshirdi.

Unitelning Janubiy-G‘arbiy mintaqaviy filiali direktor, G‘ulom Ortiqov tadbirni sharhlar ekan shunday dedi: «Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 milliy chempionati bosqichining o‘tkazilishi — bu bizning yoshlarimiz uchun juda katta hodisadir. Navoiydagi va boshqa shaharlarda o‘tkazilgan turnirlarda allaqachon musobaqalarning tashkil etilishi yuqori darajada ekanligi namoyish etildi, Buxoro yoshlari ham esporti rivojiga juda qiziqadilar. Shu sababli «Bilayn» kelgusida ham mazkur ajoyib musobaqalarni qo‘llab-quvvatlayveradi».

Saralash turniri yakunlanganidan so‘ng Buxoro viloyatining chempioni O‘zbekistonning haqiqiy chempioni, WCG 2012 jahon chempionatining finali ishtirokchisi Kirill Tulyaganov o‘rtasida chempionlar o‘rtoqlik musobaqalari o‘tkazildi.

ucg_6_04_2013_10

Kirill Tulyaganov 5:0 hisobida galaba qozondi!!!

Musobaqa tashkilotchilari nomidan Buxoro shahriga musobaqalarga ishtirokchilarni taklif etish va ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam berganligi uchun «Game Zone» klubi ma’muri, Rahmatova Feruzaga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Navbatdagi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri 8-aprel kuni Termiz shahrida otkaziladi.

Orphus system