«Bilayn» abonentlari Zo‘r-Zo‘r Star nominantlarini qutqarishlari mumkin

Bu safargi shanba oqshomi yanada yorqin va kutilganiday ajoyib bo‘ldi. Aynan shu kuni soat 20:00 da teletomoshabinlar Forum TV kanali orqali har haftalik Zo‘r-Zo‘r Star hisobot konsertlarini tomosha qilishlari mumkin.

zor_8_04_2013

zor_8_04_2013_1

6-aprel oqshomi ham bundan mustasno bo‘lmadi. U pedagoglar faoliyatining natijasini hamda ishtirokchilarning sa’y-harakatlarini to‘liq namoyish etdi, desak adashmaymiz. Bir hafta davomida ishtirokchilar hamma sevib tinglaydigan 11 ta qo‘shiqni repetitsiya qildi. Qayd etib o‘tamiz, ikkinchi konsert uchun mashhur xorij va o‘zbek kinofilmlariga yozilgan saundtreklar tanlandi.

zor_8_04_2013_2

zor_8_04_2013_3

Har bir chiqish puxta o‘ylangani bois barcha ishtirokchilarning chiqishlari lol qoldiradigan darajada tomoshabop o‘tdi. Qo‘shiq kayfiyati va ekranda namoyish etilayotgan filmdagi kadrlarga qarab tomosha zali ba’zida gulduros qarsaklar chaldi, ba’zida esa zalda sukunat hukm surdi. “Hijron” kinofilmiga yozilgan saundtrek katta hayajon bilan kutib olindi, chunki uning postanovkasida kartina bosh qahramonlaridan birining rolini ijro etgan taniqli aktrisa Dilnoza Kubayeva ham ishtirok etdi.

zor_8_04_2013_4

zor_8_04_2013_5

Undan tashqari zalda anchagina artistlar, ikkinchi Zo‘r-Zo‘r Star hisobot konsertining yulduzli hay’ati tarkibiga kirgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati arboblari ham bor edi, bular:

Murod Rajabov — O‘zbekiston xalq artisti;
Abduhoshim Ismoilov — O‘zbekiston xalq artisti;
Adiz Rajabov — o‘zbek kinematogrfiyasining taniqli aktyori;
Jahongir Poziljonov — o‘zbek estradasi xonandasi, “Bojalar” guruhining ishtirokchisi;
Rustam Hamroqulov — estrada vokali bo‘yicha pedagog.

zor_8_04_2013_6

zor_8_04_2013_7

Aynan ular ishtirokchilarning chiqishlarini o‘n balli shkala bo‘yicha baholab bordi. Bunda ular ishtirokchilarning nafaqat vokal ko‘rsatkichlariga, balki aktyorlik mahoratiga hamda har bir qatnashchining plastikasini ham hisobga oldi. Qo‘yilgan ballar pedagoglarning hafta davomida qo‘ygan baholariga qo‘shildi – barcha ishtirokchilarning natijasi aynan shu tarzda aniqlandi.

zor_8_04_2013_8

zor_8_04_2013_9

Zo‘r-Zo‘r Star loyihasining qoidalariga ko‘ra, eng past ball olgan uchta ishtirokchi “chiqib ketish” nominatsiyasiga tushadi. Bu haftada ushbu nominatsiyaga quyidagilar tushdi:

Akbar Tolipov – «Yarim baxt», «Romeo va Juletta» kinofilmi;

Vasilina Daniyarova – «Shaddod qiz», «Shaddod qiz» kinofilmi;

Firuza Jumayeva – «Sen ketding», «Kechir» kinofilmi;

Endi nominantlarning taqdiri “Beeline” abonentlarining qo‘lida. Faqat ularning ovozigina bu ishtirokchilarni qutqarishi mumkin!

zor_8_04_2013_10

zor_8_04_2013_11

Loyihada Akbar qolishini istaysizmi? Unda 1 matni yozilgan SMSni 7777 qisqa raqamiga yuboring.

Vasilinani qo‘llab-quvvatlaysizmi? 4 matni yozilgan SMSni 7777 qisqa raqamiga yuboring.

Agar Feruzaning muxlisi bo‘lsangiz, unda 5 matni yozilgan SMSni 7777 qisqa raqamiga yuboring.

Biroz oldinga nazar solgan holda, kichik bir sirni ochmoqchimiz: uchinchi Zo‘r-Zo‘r Star-konsertda ishtirokchilar musiqiy kompozitsiyalarni o‘zbek estradasi yulduzlari bilan duetda kuylaydi. Ularning nomlarini keyingi shanba kuni bilib olasiz.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system