Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionatining turniri Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxtida o‘tkazildi
05.04.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
4-aprel kuni Nukus shahrida Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionati mintaqaviy bosqichining saralash turniri o‘tkazildi.
Turnirni o‘tkazish uchun Berdax nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti tanlab olindi.
«Biz bir jamoa, biz bir oila!» yoshlar aksiyasi ishtirokchilari yetib kelgan avtobusni universitet bosh binosi oldida non va tuz bilan kutib oldilar.
Kichik konsert va Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati hamda FIFA 2013 tashkilotchilari «Kelajak ovozi» YOTM tomonidan olqish so‘zlaridan so‘ng noutbuklar va o‘yin ishqibozlari tomosha qilishlari uchun katta televizor o‘rnatilgan universitet axborot-resurs markazida turnir musobaqalari boshlandi.
Turnirda ishtirok etish uchun jami 32 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan edi.
Ko‘plab sonli tamoshabin va muxlislarga joy tayyorlangan bo‘lib, musobaqa matchlari katta televizorda namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Bosh homiysidir
Turnir 29-martdan 18-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tadi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.
Mintaqaviy saralash turniri musobaqalari natijasiga 27-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalda va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashadigan ishtirokchilar aniqlanadi.
Nukus musobaqalari natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni — Berdax nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti 2-kurs talabasi, Mambetaliyev Ajiniyaz egalladi.
Ikkinchi o‘rinni — Nukus Pedagogika Instituti 2-kurs talabasi, Jumamuratov Abat egalladi.
Uchinchi o‘rinni — Berdax nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti talabasi Dosnazarov Sag‘indiq egalladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy turniri chempionlari va sovrindorlariga «Bilayn» kompaniyasidan — telefon va 3G modemlari taqdim etildi.
Sovrinlarni «Bilayn»ning G‘arbiy mintaqaviy filiali direktori, Refat Nizamutdinov taqdim etdi.
«O‘tgan yil tariximizda birinchi marta Nukus shahrida esport bo‘yicha milliy chempionatning birinchi bosqichini o‘tkazgandik.Endilikda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013o‘tkazilishi bilan «Bilayn» uchun bunday musobaqalar ajoyib an’anaga aylandi, – sharhlaydi Refat Nizamutdinov. – Ishonamanki, mazkur loyiha Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati yoshlari uchun juda qiziqarli bo‘ladi hamda bizning yigitlarimiz chempionat finalida o‘z mintaqalarini munosib namoyish etadilar».
FIFA 2013 bo‘yicha Qoraqalpog‘ston Respublikasi saralash turniri yakunlanganidan so‘ng Qoraqalpog‘ston Respublikasining chempioni va O‘zbekistonning haqiqiy chempioni, WCG 2012 jahon chempionatining finali ishtirokchisi Kirill Tulyaganov o‘rtasida chempionlar o‘rtoqlik musobaqalari o‘tkazildi.
Kirill Tulyaganov 1:0 hisobida galaba qozondi!!!
Musobaqa tashkilotchilari nomidan Nukus shahriga musobaqalarga ishtirokchilarni taklif etish va ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam berganligi uchun «SKYNET» klubi ma’muri, Kadirov Eldarga alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Navbatdagi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri 6-aprel kuni Buxoro shahri markaziy stadionining VIP-zalida otkaziladi.