Rustam Hamroqulov birinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konserti va ishtirokchilarini baholash tizimi haqida

zor_5_04_2013

Birinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-Konserti tomoshabinlarda o‘chmas taassurot qoldirdi. Tanlov ishtirokchilarining hayotiga va ijodiy jarayonga qiziqsh yanada kuchaydi. Loyiha ishtirokchilarining sahna ortidagi hayotidan olingan ba’zi bir qiziqarli faktlar haqida hay’at a’zolaridan biri, estrada vokali bo‘yicha pedagog Rustam Hamroqulov so‘zlab berdi.

? Albatta, sahnaning bezalishi ko‘zni quvontirdi. Chiroqlar chiroyli qo‘yilgan, rejissyor ham, butun texnik guruh ham yaxshi harakat qilgani sezilib turdi. Yigit-qizlarning chiqishlari haqida shuni aytishim mumkinki, birinchi Konsert ular uchun hayajonli bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi hayajonini bosa olmadi. Ular repetitsiyalarda qanday kuylaganini men bilaman. Repetitsiyalardagi chiqishlar Konsertda tinglaganimizdan ancha yaxshiroq edi. Hozir ikkinchi Konsertga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Birinchi aprelga qaramasdan, hech kim hazillashmayapti, hamma jiddiy.

Ishtirokchilar hay’at a’zolarining fikrlariga ijobiy munosabatda bo‘lishdi. Konsertdan keyin bo‘lgan navbatdagi mashg‘ulot paytidayoq barcha chiqishlarni muhokama qildik, har bir ishtirokchi bilan uning kamchiliklarini individual tarzda ko‘rib chiqdik. Yigit-qizlarning o‘zlari mendan ularni maqtamasligimni, aksincha kamchiliklarni ko‘rsatib berishimni so‘rashdi. Mashg‘ulotlarga borayotganimda, ularni qo‘llab-quvvatlash niyatim bor edi. Ammo ishtirokchilarning o‘zlari ham Konsertda yaxshiroq kuylashlari mumkin bo‘lganligini tushunishdi, hozir xatolarining ustida ishlashmoqda. Chunki biz nafaqat yakuniy natijani baholaymiz, balki kundalik mashg‘ulotlar davomida ballar ham qo‘yib boramiz.

Hozirning o‘zidayoq pedagoglar “baho varaqlarini” olishgan. Endi bir-birimizdan va ishtirokchilardan yashirin ravishda ularning sa’y-harakatlari va yutuqlarini baholab boramiz. Bahoni har kuni qo‘yamiz, hafta oxirida hamma ballar umumlashtirib, qo‘shiladi.
Yosh, iste’dodli yigit-qizlar o‘zlarini namoyon eta oladigan shunday loyiha borligidan juda mamnunman. Ular bilan shug‘ullanib, har biri haqida borgan sayin ko‘proq bilyapman. Ularning hammasi uchun qayg‘uryapman. Ishtirokchilar juda harakat qilyapti, men nafaqat yakuniy chiqishni, balki unga tayyorgarlikni ham baholab borishim kerak. Agar oldiniga ular menga ehtiyotkorlik bilan muomala qilgan bo‘lishsa, hozir ish va ijodiy aloqa o‘rnatildi. Ular men aytayotgan hamma gaplarga quloq solishmoqda. Dastlabki Konsertdan so‘ng normal ishlay olishimiz yaqqol ko‘zga tashlandi.

3 oy ichida vokalga o‘rgatish – jiddiy vazifa. Bizda hech qanday tezlashtirilgan ta’lim berish uslubiyati yo‘q. Ammo men ular bilan amerikalik pedagoglar Set Riggz va Brett Mening tizimi bo‘yicha shug‘ullanyapman, bu o‘z natijasini beryapti. Men nutq ko‘rinishida kuylashni nazarda tutyapman. Uning asosiy xususiyati – tabiiylik. Biroq hozirning o‘zidayoq ishtirokchilar faol ijodiy izlanishda bo‘lib, dadil eksperimentlarni qo‘llashyapti. Ular o‘zlarining qiziqarli yechimlarini taklif etishyapti, original ijro uslubi bilan hayron qoldirishmoqda. Yigit-qizlarning har biri yorqin bir shaxs, buni tez orada bo‘ladigan Konsertda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system